Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla yettiligi faolyati
янв.21
DEPUTAT DASTUR IJROSINI TA’MINLASHDA FAOLLIK KO‘RSATMOQDA
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI
янв.21
Mahalla yettiligi faolyati
янв.21
Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati,
янв.21
Urgut tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
AYOLLAR MEHNATI E’TIBORDA
янв.21
DEPUTAT DASTUR IJROSINI TA’MINLASHDA FAOLLIK KO‘RSATMOQDA
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR ORASIDA.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi 2-Bog‘ishamol saylov okrugi deputati Abloqulova Go‘zal Hamroqulovna tomonidan mahalladagi Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holatlari yuzasidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul xodimlari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga kerakli ko‘rsatmalar berildi.
Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi navbatdagi oltinchi chaqiriq, to‘qson beshinchi sessiyasi 26-yanvar kuni o‘tkaziladi

Bu haqda viloyat hokimi E.Turdimov bugun, 19-yanvarda qabul qilgan “Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi oltinchi chaqiriq, to‘qson beshinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida”gi qarorida ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi oltinchi chaqiriq, to‘qson beshinchi sessiyasi 2024-yil 26-yanvar kuni o‘tkazilishi belgilandi.


Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi:

-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risidagi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-471-son qarori ijrosi bo‘yicha viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i F.Boltayev hamda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i S.Zayniyevlarning hisobotlari;

-viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i X.Umarovning 2023-yil IV chorak yakuni bo‘yicha viloyatda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar, jamoat xavfsizligini ta’minlovchi va unda ishtirok etuvchi subyektlar bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti;

-viloyat Ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakat xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Sh.Bayxo‘rozovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-190-son qarori ijrosi yuzasidan hisoboti to‘g‘risida;

-Samarqand viloyatida 2024-yilda yuridik va jismoniy shaxslar bo‘yicha qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun shahar va tumanlar kesimida ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab yer solig‘i stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida;

-Samarqand viloyatida 2024-yilda yuridik shaxslar mol-mulk solig‘ini hisoblashda ko‘chmas mulkning mutlaq qiymatiga qo‘llaniladigan kamaytiruvchi koeffitsiyentlarni tasdiqlash to‘g‘risida;

-viloyatda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish hamda davlat boshqaruvini raqamlashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar to‘g‘risida;

-Samarqand viloyatining Samarqand shahri, Samarqand va Oqdaryo tumanlarining ma’muriy-hududiy chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish haqida;

-Samarqand viloyatida 2023-2024-yillarda sement-beton yo‘llarni qurish ishlarining manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida;

-2023-yil IV chorak yakunlari bo‘yicha viloyat hokimi o‘rinbosarlarining samaradorlik ko‘rsatkichlari bajarilishi natijalarini tasdiqlash to‘g‘risida;

-Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2024-yil I yarim yillikka mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida;

-boshqa masalalar. 

Slide 1 of 1