Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla yettiligi faolyati
янв.21
DEPUTAT DASTUR IJROSINI TA’MINLASHDA FAOLLIK KO‘RSATMOQDA
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI
янв.21
Mahalla yettiligi faolyati
янв.21
Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati,
янв.21
Urgut tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
AYOLLAR MEHNATI E’TIBORDA
янв.21
DEPUTAT DASTUR IJROSINI TA’MINLASHDA FAOLLIK KO‘RSATMOQDA
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR ORASIDA.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi 2-Bog‘ishamol saylov okrugi deputati Abloqulova Go‘zal Hamroqulovna tomonidan mahalladagi Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holatlari yuzasidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul xodimlari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga kerakli ko‘rsatmalar berildi.
Mahalliy vakillik organlari faoliyatini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga deputat munosabati.

Mahalliy vakillik organlari faoliyatini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi – islohotlarning yangi bosqichi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 23 iyundagi PF–98-sonli Farmoni bilan mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining tasdiqlanishi – joylardagi Kengashlar faoliyatini yangi bosqichga olib chiqadigan muhim siyosiy hujjatdir.

Tuman Kengashi deputati sifatida ushbu Farmonda belgilangan maqsad va vazifalarni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman. 

Chunki u mahalliy muammolarni aniqlash va hal etishda Kengashlar imkoniyatlarini kengaytirish, deputatlarning tashabbus va nazorat funksiyalarini kuchaytirishga qaratilgan.

Xususan, Konsepsiyada tuman Kengashlari ishtirokida jamoatchilik eshituvlarini yo‘lga qo‘yish, qarorlar qabul qilishda fuqarolar fikrini hisobga olish, mahalliy byudjet va hududiy dasturlarni shakllantirishda deputatlar va fuqarolarning bevosita ishtirokini ta’minlash kabi ustuvor yo‘nalishlar belgilangan. Bu esa Kengashlarni haqiqiy xalq vakili sifatidagi maqomini mustahkamlaydi.

Biz, tuman deputatlari, endi faqat tasdiqlovchi emas, balki tashabbuskor, tahlilchi va nazoratchi sifatida harakat qilishimiz talab etiladi. 

Mahalliy muammolarni bilishimiz, ularning yechimi bo‘yicha aniq takliflar kiritishimiz va eng muhimi – xalqimizning ishonchini oqlashimiz kerak.

Farmonda ko‘rsatilgan vazifalarning tumanda to‘liq ijrosini ta’minlash — biz deputatlar va mahalliy hokimiyatning qo‘shma mas’uliyatidir. 

Ayni paytda, har bir deputat ushbu jarayonda faol ishtirok etishi, aholi bilan doimiy muloqotda bo‘lib, Kengash faoliyatining ochiq va samarali bo‘lishi uchun harakat qilishi lozim.

Xalq deputatlari Paxtakor tumani kengashi deputati 

Ergasheva Dilchexra.

Slide 1 of 1