O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev boshchiligida joriy yilning 15- may kuni “Maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini oshirish hamda kelgusi ustuvor vazifalar”ga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida mahalliy Kengashlar deputatlariga ham muhim ustuvor vazifa topshiriqlar belgilab berildi.
Ushbu topshiriqlarni ijrosini ta’minlash maqsadida 20-Muruntov saylov okrugidan saylangan deputat E.Tursunov hamda O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi shahar Kengashi raisi O.Rizaqulovalar tomonidan 20-Muruntov saylov okrugida joylashgan 5-sonli va 7-sonli umumta’lim maktablarining mavjud holati, ta’lim sifati, davomati, yaratilgan shart-sharoitlari, muammo va kamchiliklari o‘rganildi hamda tegishli tavsiyalar berildi.