O‘zbek xalqi azaldan mehribon, olijanob, saxovatli va hech kimdan yordamini, ko‘mak-daldasini ayamaydigan xalq sanaladi.
Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosat ham aynan inson qadrini ulug‘lashga, yordamga muhtoj har bir fuqaroga ko‘maklashishga va xalqni rozi qilishga qaratilgan. Pastdarg‘om tumanida yashovchi 77 nafar chin yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ham alohida eʼtibor qaratilgan bo'lib, ularga tuman deputatlari o'z tashabbuslari bilan mas'ul sifatida biriktirildi. Xalq deputatlari Pastdarg'om tumani Kengashi kotibiyat mudiri Flora Xolmuratova o'ziga biriktirilgan ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yosh avlod vakillaridan Po'latchi mahallasida yashovchi R.Aliyev va I.Aliyevlarning holidan xabar oldi.
Ularga sovg‘alar ulashdi.