Navoiy MFYda xalq vakili bilan uchrashuv: korrupsiyaga qarshi kurash va ma’naviy qadriyatlar muhokamada
Bugungi kunda yurtimizda jamiyat taraqqiyotiga to‘siq bo‘layotgan asosiy muammolardan biri — korrupsiyaga qarshi kurash, shuningdek, to‘y-marosimlarning ibrat darajada, ziyofati va isrofgarchilik kabi holatlarga chek qo‘yish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Navoiy MFY deputati Z.Mahmudova 2025-yil 19-may kuni o‘z so‘zida, Prezident farmon va qarorlari asosida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berib o‘tdi. Ushbu yo‘nalishda mahallada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, aholining xabardorlik darajasini oshirish muhimligi qayd etildi.