Xususan, xalq deputatlari viloyat, tuman kengashi deputatlari A.Oripov, Yu.Hakimov va Yu.Qurbaniyazov, shuningdek tumanimizning nuroniylari faol ishtirok etib, obodonchilik ishlariga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar. Ular faqat jismoniy mehnat bilangina emas, balki ko‘ngildan chiqqan samimiy duolari bilan ham tumanimizning ravnaqiga hissa qo‘shmoqdalar.
Bu kabi tashabbuslar orqali yosh avlod qalbida mehnatsevarlik, vatanparvarlik va hamjihatlik tuyg‘ularini qaror toptirish – bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
Obod yurt – farovon hayot tayanchi. Obodonlik esa – barchamizdan boshlanadi!
Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati ✅ Kanalga ulanish uchun: https://t.me/OltinsoyKengashkotibiyati