DEPUTAT PEDAGOGLAR DAVRASIDA
Qiziltepa tuman Kengashi deputati Muqimova Madina Murodilloyevna hududdagi 15-umumta'lim maktabida davlatimiz rahbari raisligida bo'lib oʻtgan maktab ta'limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan o'tkazilgan videoselektor yig'ilishi mazmun mohiyati haqida pedagoglar bilan suhbat o'tkazdi. Davlatimiz rahbarining pedagoglarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimiga e’tibor qaratganligi, bu borada Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti va uning 13 ta hududiy markazi qayta tashkil etilganligi, pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi tashkil qilinganligi bizlar uchun katta imkoniyat ekanligini aytib o'tdi.