Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XOTIRA — MUQADDAS, QADR — AZIZ
янв.21
YO‘LLAR TA’MIRI VA JAMOAT TRANSPORTI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi: Suv ta’minoti va yo‘l infratuzilmasi bo‘yicha deputatlik nazorati.
янв.21
Yosh avlod ta’lim-tarbiyasi — ustuvor vazifa: Yuqoriovuldagi yangi maskan tayyormi?
янв.21
60 ta qo‘shimcha o‘rin va zamonaviy sharoitlar: Tuman Kengashi deputati qurilish obyektini o‘rgandi
янв.21
«Ikki karra mas’uliyat: Hokim va deputat maqomi muammolar yechimini tezlashtirmoqda»
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XXII-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XXI-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XX-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XIV-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Farg‘ona tumanida Yangilangan Konstitusiya mazmun-mohiyati va “O‘zbekiston - 2030” strategiyasining asosiy yo‘nalishlari yuzasidan targ‘ibot-tashviqot uchrashuvlari o‘tkazilmoqda

Farg‘ona tumanida Yangilangan Konstitusiya mazmun-mohiyati va “O‘zbekiston - 2030” strategiyasining asosiy yo‘nalishlari yuzasidan targ‘ibot-tashviqot uchrashuvlari o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston “Adolat” SDP Farg‘ona tuman Kengashi raisi N.Karimov, Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari O.Dadajonova, F.Mirzayevlar bilan birgalikda tumandagi Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 3-sonli umumta’lim maktabida faoliyat olib borayotgan pedagog-kadrlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazdilar.

Uchrashuvda 2023-yil davomida o‘tkazilgan Referendum, hamda yangi tahrirdagi Konstitusiyaga muvofiq o‘tkazilgan Prezidentlik saylovlari yana bir bor jamiyatimizning siyosiy yetukligi, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarni xalqimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganligi asosida endilikda muqaddas Qomusimizda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishda “O‘zbekiston - 2030” strategiyasini amalga oshirish jarayonida har bir O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi fikrlarini inobatga olgan holda jamoatchilik muhokamasi asosida ishlab chiqilishi belgilanganligi va uning mazmun-mohiyati haqida to‘xtalib o‘tdilar.

Uchrashuv yakunida ta’lim dargohida faoliyat olib borayotgan jamoani yangi o‘quv yili va yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik bayrami bilan tabriklab, ““O‘zbekiston - 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Farmoni loyihasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “”O‘zbekiston - 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaror loyihalari jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilganligini aytib, ushbu loyihalar bilan tanishib, o‘z takliflarini kiritishlari mumkinliklarini bildirdilar.

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari O.Dadajonova, O‘zbekiston “Adolat” SDP Farg‘ona tuman Kengashi raisi N.Karimov

Slide 1 of 1