Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YO‘LLAR TA’MIRI VA JAMOAT TRANSPORTI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi: Suv ta’minoti va yo‘l infratuzilmasi bo‘yicha deputatlik nazorati.
янв.21
Yosh avlod ta’lim-tarbiyasi — ustuvor vazifa: Yuqoriovuldagi yangi maskan tayyormi?
янв.21
60 ta qo‘shimcha o‘rin va zamonaviy sharoitlar: Tuman Kengashi deputati qurilish obyektini o‘rgandi
янв.21
«Ikki karra mas’uliyat: Hokim va deputat maqomi muammolar yechimini tezlashtirmoqda»
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XXII-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XXI-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XX-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XIV-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XVIII-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Parkent tumanida viloyat hokimi aholi bilan uchrashdi.

Joriy yilning 3 aprel kuni Qayilma mahallasi hududida 20 gektar maydonida zamonaviy attraksionlar bilan jihozlangan “Akvapark” qurilishi loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent viloyati hokimi Mirzayev Zoyir Toirovich, Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi raisi Fayziyeva Sayyora Mavlonovna, O‘zbekiston xalq shoiri, senator Mahmud Toir, Parkent tuman hokimi Isoqulov Sardor Dadajonovich, tuman Kengashi deputatlari, viloyat boshqarmasi rahbarlari hamda hududdagi fermerlar, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.Ochiq muloqot tarzida o‘tgan taqdimotda Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra Qayilma mahallasining Gulbog‘ massivi (markaziy yo‘l bo‘yi)da barpo etiladigan “Akvapark” haqida batafsil ma’lumot berildi. Ta’kidlanganidek, loyiha qiymati 30 mln. dollar bo‘lib, unda savdo do‘konlari, amfiteatr, yopiq suzish havzasi, attraksionlar, tapchanlar, dekorativ qasrlar, mehmonxona, sun’iy to‘lqinli suzish havzasi, favvoralar, avto turargohlar barpo etiladi.Yiliga 100 ming sayyohni jalb qilishi ko‘zda tutilayotgan mazkur loyiha 2026 yilning 2-choragida ishga tushishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda tuman aholisidan 500 nafar kishi ish o‘rniga ega bo‘ladi. Tadbirda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev “Akvapark” qurilishi munosabati bilan hududdagi
fermerlarga kompensatsiya puli to‘liq to‘lab berilishini ma’lum qildi. Viloyat hokimi ushbu hududdagi fermerlarni rozi qilish, to‘lanadigan kompensatsiya mablag‘lari qonunchilikka binoan, o‘zaro kelishuv va xolis, adolatli baholashdan keyin ishlar boshlanishini ta’kidladi. Zoyir Mirzayev ayni masalada viloyatning tegishli boshqarma va idora rahbarlaridan iborat maxsus ishchi guruh tuzilib, uning raisi O‘zbekiston xalq shoiri, senator Mahmud Toir bo‘lishini aytib o‘tdi.
  

Slide 1 of 7