Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AHOLI MUAMMOLARIGA YECHIM IZLAB: DEPUTATLIK NAZORATI VA MAHALLA YETTILIGI HAMKORLIGI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI: MAHALLALARDAGI DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
XOTIRA — MUQADDAS, QADR — AZIZ
янв.21
YO‘LLAR TA’MIRI VA JAMOAT TRANSPORTI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi: Suv ta’minoti va yo‘l infratuzilmasi bo‘yicha deputatlik nazorati.
янв.21
Yosh avlod ta’lim-tarbiyasi — ustuvor vazifa: Yuqoriovuldagi yangi maskan tayyormi?
янв.21
60 ta qo‘shimcha o‘rin va zamonaviy sharoitlar: Tuman Kengashi deputati qurilish obyektini o‘rgandi
янв.21
«Ikki karra mas’uliyat: Hokim va deputat maqomi muammolar yechimini tezlashtirmoqda»
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XXII-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XXI-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
XALQ DEPUTATLARI MIROBOD TUMANI KENGAShINING NAVBATDAGI 85-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Joriy yilning 12-iyun kuni Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashining sakson beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tegishli mutasaddi tashkilotlar, hudud sektorlari rahbarlari ishtirok etdi. 

Sessiyani Xalq deputatlari tuman Kengashi rahbari, tuman hokimi Shuhrat Pulatov ochdi va olib bordi. 

Sessiya kun tartibida dastlab Mirobod tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikning borishi, aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish va hududlarni obodonlashtirishda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida gi tuman hokimining uy-joy, kommunal xizmat ko‘rsatish va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Yakubovning hisoboti tinglanib, muhokama qilindi. 

So‘ng, Mirobod tumani hokimi 1-sektor rahbari Sh.A.Pulatov hamda tuman sektor rahbarlarining tumanda 2023-yilning may oyida yoshlar bilan muloqot qilish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida, Mirobod tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudirining tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan 2023-yilning 1-choragida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida hisobotlari tinglandi. 

Shuningdek, sessiya davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 9-fevraldagi “Toshkent shahrining ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini jadal sur’atlarda hal etish hamda aholi farovonligini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-50-sonli qaroriga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi 2023-yilning 1-iyunida imzolangan PQ-175-sonli qarorining Mirobod tumanidagi ijrosi to‘g‘risida Mirobod tuman hokimining o‘rinbosari M.Mirxalilovning, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “2023- yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-57-sonli qarorining ijrosini ta’minlash bo‘yicha Mirobod tumanida amalga oshirilayotgan ishlar haqida Mirobod tuman hokimining birinchi o‘rinbosari A.Salaydinovning hisoboti tinglandi va muhokama qilindi. 

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. 

Slide 1 of 9