Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AHOLI MUAMMOLARIGA YECHIM IZLAB: DEPUTATLIK NAZORATI VA MAHALLA YETTILIGI HAMKORLIGI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI: MAHALLALARDAGI DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
XOTIRA — MUQADDAS, QADR — AZIZ
янв.21
YO‘LLAR TA’MIRI VA JAMOAT TRANSPORTI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi: Suv ta’minoti va yo‘l infratuzilmasi bo‘yicha deputatlik nazorati.
янв.21
Yosh avlod ta’lim-tarbiyasi — ustuvor vazifa: Yuqoriovuldagi yangi maskan tayyormi?
янв.21
60 ta qo‘shimcha o‘rin va zamonaviy sharoitlar: Tuman Kengashi deputati qurilish obyektini o‘rgandi
янв.21
«Ikki karra mas’uliyat: Hokim va deputat maqomi muammolar yechimini tezlashtirmoqda»
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XXII-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XXI-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining 84-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Sessiya ishini tuman Kengashi raisi, tuman hokimi Shuhrat Pulatov ochdi va olib bordi.

Sessiya ishida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari aʼzoligiga nomzodlarni tavsiya etish to‘g‘risida;

- Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman Sudi tomonidan 2023-yil 1-choragida odil sudlovni amalga oshirish borasidagi axboroti to‘g‘risida;

- Mirobod tuman Adliya bo‘limi tomonidan qonun hujjatlarining mazmun mohiyatini ijrochilar va aholiga yetkazish borasida 2023-yil 1-choragida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;

- Mirobod tuman tibbiyot birlashmasining 2023-yilning 1-choragida reproduktiv salomatlikni saqlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, soha yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;

- Mirobod tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan 2023-yilning 1-choragida aholi bandligini taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida;

- Mirobod tuman aholisi va ijtimoiy soha obyektlarini 2023-yilda energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash to‘g‘risida;

- Mirobod tumanida o‘rganish natijalari asosida aniqlangan ehtiyojmand oilalarni "Temir daftar"ga kiritish bo‘yicha 3-sektor rahbari M.Atanazarovning takliflari to‘g‘risida;

- “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan moddiy yordam ajratish to‘g‘risida;

- Boshqa masalalar.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. 

Slide 1 of 8