Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AHOLI MUAMMOLARIGA YECHIM IZLAB: DEPUTATLIK NAZORATI VA MAHALLA YETTILIGI HAMKORLIGI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI: MAHALLALARDAGI DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
XOTIRA — MUQADDAS, QADR — AZIZ
янв.21
YO‘LLAR TA’MIRI VA JAMOAT TRANSPORTI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi: Suv ta’minoti va yo‘l infratuzilmasi bo‘yicha deputatlik nazorati.
янв.21
Yosh avlod ta’lim-tarbiyasi — ustuvor vazifa: Yuqoriovuldagi yangi maskan tayyormi?
янв.21
60 ta qo‘shimcha o‘rin va zamonaviy sharoitlar: Tuman Kengashi deputati qurilish obyektini o‘rgandi
янв.21
«Ikki karra mas’uliyat: Hokim va deputat maqomi muammolar yechimini tezlashtirmoqda»
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XXII-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XXI-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Buxoro tumanida Mehnat fronti faxriylari holidan xabar olindi.

Bugungi kunda yurtimizda keksalarning hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilash, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash
ko‘lamini kengaytirish, yoshi ulug‘ insonlar, ayniqsa, 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga ijtimoiy, pensiya ta’minoti va tibbiy xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish, oila va jamiyatda, yoshlarni o‘zbek xalqining ko‘p asrlik qadriyat va an’analari ruhida tarbiyalashda keksalarning o‘rnini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Buxoro tumani kengashi, Buxoro tuman hokimligi, Buxoro tuman nuroniylar kengashi bilan hamkorlikda
xayrli ishga qo‘l urib “9-may Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan
tumandagi 2-jaxon urushi davrida mehnat frontida
xizmat qilgan faxriylar xolidan xabar olinib, bayram bilan qutlashdi.

Tadbir doirasida front orti faxriylariga birlamchi turdagi oziq-ovqat mahsulotlari va sovg‘alar ulashilib,keksa avlod
vakillarining duolari olindi.

Xalq deputatlari Buxoro tumani Kengashi kotibiyati.

Slide 1 of 1