Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BO‘STON MAHALLASIDAGI MAKTABDA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
BUYUK KELAJAKNI BILIMLI YOSHLAR BARPO ETADI!
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: “HAMID OLIMJON” MAHALLASIDA IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASH TIZIMI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT O‘RGANISHI: MAHALLALARDA QONUN USTUVORLIGI VA MAHALLIY IJRO NAZORATDA
янв.21
KELAJAK DEPUTATLARI VILOYAT KENGASHIDA: YOSHLAR MASLAHAT GURUHI UCHUN MAXSUS EKSKURSIYA
янв.21
“QISHLOQ JOYLARNI BARQAROR RIVOJLANTIRISH” LOYIHASI: DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
HILOL MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYA TIZIMI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA KO‘MAK: VAZIYAT QANDAY?
янв.21
MAHALLA FAOLLARI BILAN YAQIN HAMKORLIK: HUDUDDAGI IJTIMOIY MASALALAR QANDAY HAL ETILMOQDA?
янв.21
AHOLI MUAMMOLARIGA YECHIM IZLAB: DEPUTATLIK NAZORATI VA MAHALLA YETTILIGI HAMKORLIGI
YOSHLAR VA TALABALAR UCHUN MA’NAVIY-MA’RIFIY TASHRIF TASHKIL ETILDI

Mazkur tadbir “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan yoshlarning ma’naviy-intellektual salohiyatini yuksaltirish, tarixiy-madaniy merosga hurmat ruhida tarbiyalash va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish vazifalaridan kelib chiqib amalga oshirildi.

Tashrif davomida yoshlar va talabalar yurtimizning boy ilmiy, diniy-ma’rifiy va madaniy merosi, buyuk allomalarimiz hayoti hamda milliy qadriyatlarimiz bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, yoshlarga tarixiy obidalarni asrab-avaylash, milliy merosga hurmat bilan qarash, bilim olish va jamiyatda faol bo‘lish muhimligi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

✅ Yunusobod tumanida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni vatanparvarlik, ma’naviyat va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbirlar davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 2