Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BO‘STON MAHALLASIDAGI MAKTABDA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
BUYUK KELAJAKNI BILIMLI YOSHLAR BARPO ETADI!
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: “HAMID OLIMJON” MAHALLASIDA IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASH TIZIMI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT O‘RGANISHI: MAHALLALARDA QONUN USTUVORLIGI VA MAHALLIY IJRO NAZORATDA
янв.21
KELAJAK DEPUTATLARI VILOYAT KENGASHIDA: YOSHLAR MASLAHAT GURUHI UCHUN MAXSUS EKSKURSIYA
янв.21
“QISHLOQ JOYLARNI BARQAROR RIVOJLANTIRISH” LOYIHASI: DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
HILOL MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYA TIZIMI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA KO‘MAK: VAZIYAT QANDAY?
янв.21
MAHALLA FAOLLARI BILAN YAQIN HAMKORLIK: HUDUDDAGI IJTIMOIY MASALALAR QANDAY HAL ETILMOQDA?
янв.21
AHOLI MUAMMOLARIGA YECHIM IZLAB: DEPUTATLIK NAZORATI VA MAHALLA YETTILIGI HAMKORLIGI
Islohotlar kuchini birlashtirgan hamkorlik

Termiz shahrida ham Xalq deputatlari shahar Kengashi hamda shahar hokimligi o‘rtasidagi tizimli hamkorlik o‘zining amaliy natijalarini bermoqda. Joriy yil davomida o'tkazilgan Kengash sessiyalarida shahar hayoti uchun dolzarb bo‘lgan 58 ta muhim masala ko‘rib chiqilib, ularning ijrosi ustidan ta'sirchan deputatlik nazorati yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek:
🔹 869 nafar fuqaroning murojaati ko‘rib chiqildi;
🔹 deputatlar tomonidan 130 ta deputatlik so‘rovi yuborildi;
🔹 11 ta mahallada ichimlik suvi ta'minoti yaxshilandi;
🔹 17 ta hududda elektr tarmoqlari yangilandi;
🔹 10 kilometr ichki yo‘llar ta'mirlandi;
🔹 66 ta ochiq muloqot tashkil etildi.

Mazkur natijalar mahalliy vakillik organlari va ijro hokimiyati o‘rtasidagi hamkorlikning xalq manfaatlariga xizmat qilayotganini yaqqol namoyon etmoqda.

📝 Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari Zebuniso Alimardonovaning "Islohotlar kuchini birlashtirgan hamkorlik" nomli maqolasida Termiz shahrida amalga oshirilayotgan ushbu islohotlar, ularning huquqiy asoslari hamda erishilgan amaliy natijalar batafsil tahlil qilingan.

📖 Maqolani mutolaa qilish orqali mahalliy Kengashlar va ijro hokimiyati o‘rtasidagi hamkorlikning Yangi O‘zbekiston taraqqiyotidagi o‘rni hamda Termiz shahri tajribasi bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.