Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BO‘STON MAHALLASIDAGI MAKTABDA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
BUYUK KELAJAKNI BILIMLI YOSHLAR BARPO ETADI!
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: “HAMID OLIMJON” MAHALLASIDA IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASH TIZIMI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT O‘RGANISHI: MAHALLALARDA QONUN USTUVORLIGI VA MAHALLIY IJRO NAZORATDA
янв.21
KELAJAK DEPUTATLARI VILOYAT KENGASHIDA: YOSHLAR MASLAHAT GURUHI UCHUN MAXSUS EKSKURSIYA
янв.21
“QISHLOQ JOYLARNI BARQAROR RIVOJLANTIRISH” LOYIHASI: DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
HILOL MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYA TIZIMI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA KO‘MAK: VAZIYAT QANDAY?
янв.21
MAHALLA FAOLLARI BILAN YAQIN HAMKORLIK: HUDUDDAGI IJTIMOIY MASALALAR QANDAY HAL ETILMOQDA?
янв.21
AHOLI MUAMMOLARIGA YECHIM IZLAB: DEPUTATLIK NAZORATI VA MAHALLA YETTILIGI HAMKORLIGI
Mahalla mas’ullari faoliyati o‘rganildi

 ✅ Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashiga 16-Olmurod saylov okrugidan deputat Umarbek Karimov va mahalliy kengash deputati,
O‘zbekiston Ekologik partiyasi tuman kengashi raisi Bobirjon Begaliyev “Katta Qorako‘l” mahalla fuqarolar yig‘ini mas’ul xodimlari faoliyatini oʻrgandilar. Va ijtimoiy hodim tomonidan amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.
 

✅ Ijtimoiy xodim tomonidan aholining ehtiyojmand qatlamiga ko‘rsatilayotgan yordamlar, ularning huquqlarini himoya qilish va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha ishlari sarhisob qilindi. Xususan, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi va mahalla ijtimoiy xodimining kam ta’minlangan oilalar, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘maklashish ishlari o‘rganildi. Ijtimoiy xodim faoliyat samaradorligi tahlil qilindi. O'rganish davomida xodimning amalga oshirgan ishlari, aholiga ko‘rsatilgan ijtimoiy yordamlar va mavjud muammolarning yechimi atroflicha ko‘rib chiqildi. Quyidagi
muhim jihatlarga e’tibor qaratildi:
 

📌 Ko‘rsatilgan xizmatlar: Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga ko‘rsatilgan moddiy, huquqiy va psixologik yordamlar. 

📌 Keys menejmenti: Har bir oila yoki fuqaro uchun tuzilgan alohida (individual) ijtimoiy rejalarning bajarilish holati. 

📌 Muammoli masalalar: Oilalardagi qiyinchiliklarni aniqlash va ularni hal etish choralari. 

📌 Hujjatlar yuritilishi: Ijtimoiy xodim tomonidan to‘ldirilgan hisobotlar, dalolatnomalar
va ijtimoiy pasportlarning to‘g‘riligi.
 

🔹 O‘rganish natijalariga ko‘ra, ish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. 

  🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1