35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BO‘STON MAHALLASIDAGI MAKTABDA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
BUYUK KELAJAKNI BILIMLI YOSHLAR BARPO ETADI!
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: “HAMID OLIMJON” MAHALLASIDA IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASH TIZIMI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT O‘RGANISHI: MAHALLALARDA QONUN USTUVORLIGI VA MAHALLIY IJRO NAZORATDA
янв.21
KELAJAK DEPUTATLARI VILOYAT KENGASHIDA: YOSHLAR MASLAHAT GURUHI UCHUN MAXSUS EKSKURSIYA
янв.21
“QISHLOQ JOYLARNI BARQAROR RIVOJLANTIRISH” LOYIHASI: DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
HILOL MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYA TIZIMI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA KO‘MAK: VAZIYAT QANDAY?
янв.21
MAHALLA FAOLLARI BILAN YAQIN HAMKORLIK: HUDUDDAGI IJTIMOIY MASALALAR QANDAY HAL ETILMOQDA?
янв.21
AHOLI MUAMMOLARIGA YECHIM IZLAB: DEPUTATLIK NAZORATI VA MAHALLA YETTILIGI HAMKORLIGI
Sessiya kun tartibiga kiritilishi belgilangan masalalar yuzasidan o‘rganish ishlari davom etmoqda

Sessiya kun tartibiga kiritilishi belgilangan masalalar yuzasidan o‘rganish ishlari davom etmoqda

💼 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi belgilangan masalalar yuzasidan tegishli doimiy komissiyalar tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, aholini issiqlik, issiq va sovuq suv, elektr energiyasi hamda gaz bilan ta’minlash holati, shuningdek kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari yuzasidan “Veolia Energy Tashkent” MChJ XK Uchtepa tuman boshqarmasi faoliyati o‘rganildi.

🇺🇿 Mazkur o‘rganish xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan tashkil etildi. O‘rganishda doimiy komissiya raisi Avaz Xudayberganov, Kengash kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilovlar ishtirok etdi.

📁 Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilda korxonaga 1 326 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning barchasi ijobiy hal etilgan. 2026-yilning hisobot davrida esa 505 ta murojaatdan 498 tasi yoki 98,6 foizi ko‘rib chiqilgan, qolgan murojaatlar ijro jarayonida. Murojaatlarning asosiy qismi dispetcherlik xizmati orqali qabul qilingan.

✅ Shuningdek, 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida 1 ta qozon mukammal, 16 ta qozon joriy ta’mirdan chiqarilgan. 2,67 kilometr issiqlik quvurlari yangilanib, 7,49 kilometr issiqlik tarmoqlari ta’mirlangan. Issiqlik quvurlarining izolyatsiya qoplami qayta tiklanib, tarmoq uskunalari ta’mirlangan va yangilangan.

🗣 Xususan, 12-mavzedagi ko‘p qavatli uylarni issiqlik bilan ta’minlovchi quvurlar modernizatsiya qilinib, ularning o‘tkazuvchanligi oshirilgan. Amalga oshirilayotgan ishlar kuz-qish mavsumida aholini sifatli va barqaror issiqlik energiyasi hamda issiq suv bilan ta’minlashga xizmat qilishi qayd etildi.

📊 O‘rganish yakunlari bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlar navbatdagi sessiyada muhokama qilinadi. Doimiy komissiya tomonidan sessiya kun tartibiga kiritilishi belgilangan boshqa masalalar yuzasidan ham joylarda o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda. Navbatdagi o‘rganish Uchtepa tumani suv ta’minoti va oqova tizimi korxonasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Slide 1 of 8