Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BO‘STON MAHALLASIDAGI MAKTABDA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
BUYUK KELAJAKNI BILIMLI YOSHLAR BARPO ETADI!
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: “HAMID OLIMJON” MAHALLASIDA IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASH TIZIMI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT O‘RGANISHI: MAHALLALARDA QONUN USTUVORLIGI VA MAHALLIY IJRO NAZORATDA
янв.21
KELAJAK DEPUTATLARI VILOYAT KENGASHIDA: YOSHLAR MASLAHAT GURUHI UCHUN MAXSUS EKSKURSIYA
янв.21
“QISHLOQ JOYLARNI BARQAROR RIVOJLANTIRISH” LOYIHASI: DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
HILOL MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYA TIZIMI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA KO‘MAK: VAZIYAT QANDAY?
янв.21
MAHALLA FAOLLARI BILAN YAQIN HAMKORLIK: HUDUDDAGI IJTIMOIY MASALALAR QANDAY HAL ETILMOQDA?
янв.21
AHOLI MUAMMOLARIGA YECHIM IZLAB: DEPUTATLIK NAZORATI VA MAHALLA YETTILIGI HAMKORLIGI
Huquqiy ma'lumot

❗️Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar

🏛 Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya faoliyatida investitsiyalarni jalb etish, turizm salohiyatini oshirish, innovatsion rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash hamda hududlarning iqtisodiy jozibadorligini kuchaytirishga oid qonun hujjatlarini chuqur o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

📝 Mazkur qonunlar mamlakatimizda qulay investitsion muhit yaratish, tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish, eksport salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va hududlarning barqaror rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi.

📝 Investitsiyalar, valyuta va turizm sohasi bo‘yicha o‘rganilishi lozim bo‘lgan muhim qonunlar:

📝 “Turizm to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-549 | Qabul qilingan sana: 18.07.2019

🔺 Mazkur qonun turizm sohasini rivojlantirish, turistlar huquqlarini himoya qilish hamda mamlakatning turistik salohiyatidan samarali foydalanishning huquqiy asoslarini belgilaydi.

📝 “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-573 | Qabul qilingan sana: 22.10.2019

🔺 Qonun valyuta munosabatlarini tartibga solish, valyuta operatsiyalarini amalga oshirish va iqtisodiyotda bozor mexanizmlarini keng joriy etishga xizmat qiladi.

📝 “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-598 | Qabul qilingan sana: 25.12.2019

🔺 Mazkur hujjat mahalliy va xorijiy investorlar uchun kafolatlar yaratish, investitsiyalarni himoya qilish hamda investitsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlashning huquqiy mexanizmlarini belgilaydi.

📝 “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-604 | Qabul qilingan sana: 17.02.2020

🔺 Ushbu qonun sanoat, logistika va xizmatlar sohasini rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish hamda zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etishga qaratilgan maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini tartibga soladi.

📝  “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-630 | Qabul qilingan sana: 24.07.2020

🔺 Qonun ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish, yangi texnologiyalarni rivojlantirish va innovatsion ekotizimni qo‘llab-quvvatlashning huquqiy asoslarini mustahkamlaydi.

📝 “Kreativ iqtisodiyot to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-970 | Qabul qilingan sana: 03.10.2024

🔺 Mazkur qonun madaniyat, san’at, dizayn, media, axborot texnologiyalari va boshqa ijodiy yo‘nalishlarni iqtisodiyotning muhim tarmog‘i sifatida rivojlantirish hamda kreativ industriyalarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

📁 Ushbu qonun hujjatlarini puxta o‘rganish mahalliy Kengash deputatlariga investitsion muhitni yaxshilash, turizm infratuzilmasini rivojlantirish, innovatsion va kreativ iqtisodiyot loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda hududlarning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish borasidagi faoliyatida muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Slide 1 of 1