Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BO‘STON MAHALLASIDAGI MAKTABDA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
BUYUK KELAJAKNI BILIMLI YOSHLAR BARPO ETADI!
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: “HAMID OLIMJON” MAHALLASIDA IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASH TIZIMI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT O‘RGANISHI: MAHALLALARDA QONUN USTUVORLIGI VA MAHALLIY IJRO NAZORATDA
янв.21
KELAJAK DEPUTATLARI VILOYAT KENGASHIDA: YOSHLAR MASLAHAT GURUHI UCHUN MAXSUS EKSKURSIYA
янв.21
“QISHLOQ JOYLARNI BARQAROR RIVOJLANTIRISH” LOYIHASI: DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
HILOL MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYA TIZIMI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA KO‘MAK: VAZIYAT QANDAY?
янв.21
MAHALLA FAOLLARI BILAN YAQIN HAMKORLIK: HUDUDDAGI IJTIMOIY MASALALAR QANDAY HAL ETILMOQDA?
янв.21
AHOLI MUAMMOLARIGA YECHIM IZLAB: DEPUTATLIK NAZORATI VA MAHALLA YETTILIGI HAMKORLIGI
Deputatlik so‘roviga asosan tegishli choralar ko‘rildi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, XDP a’zosi Ahmedov Shuxrat Murotovich tomonidan o‘z okrugi aholisi murojaatlari asosida Gavhar va Do‘mbirobod mahallalarida o‘rganish ishlari olib borilib, hududdagi qurigan hamda xavf tug‘dirayotgan daraxtlar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

✍️Mazkur deputatlik so‘roviga asosan Chilonzor tumani Obodonlashtirish boshqarmasi hamda tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi tomonidan tegishli choralar ko‘rildi.

➡️Jumladan, Gavhar va Do‘mbirobod mahallalari hududidagi qurigan daraxtlar xatlovdan o‘tkazilib, aholi va bolalar xavfsizligiga tahdid solayotgan daraxtlarni belgilangan tartibda bartaraf etish ishlari amalga oshirildi.

✅Mazkur masala deputatlik nazoratida bo‘lib, aholi xavfsizligini ta’minlash va hudud obodonligini yaxshilash borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3