Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT NAZORATI: “HAMID OLIMJON” MAHALLASIDA IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASH TIZIMI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT O‘RGANISHI: MAHALLALARDA QONUN USTUVORLIGI VA MAHALLIY IJRO NAZORATDA
янв.21
KELAJAK DEPUTATLARI VILOYAT KENGASHIDA: YOSHLAR MASLAHAT GURUHI UCHUN MAXSUS EKSKURSIYA
янв.21
“QISHLOQ JOYLARNI BARQAROR RIVOJLANTIRISH” LOYIHASI: DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
HILOL MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYA TIZIMI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA KO‘MAK: VAZIYAT QANDAY?
янв.21
MAHALLA FAOLLARI BILAN YAQIN HAMKORLIK: HUDUDDAGI IJTIMOIY MASALALAR QANDAY HAL ETILMOQDA?
янв.21
AHOLI MUAMMOLARIGA YECHIM IZLAB: DEPUTATLIK NAZORATI VA MAHALLA YETTILIGI HAMKORLIGI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI: MAHALLALARDAGI DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
XOTIRA — MUQADDAS, QADR — AZIZ
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi doimiy komissiyalarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi doimiy komissiyalarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha, Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha va Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalarning qo‘shma yig‘ilishi o‘tkazildi.

Ushbu majlisda doimiy komissiyalar a’zolari, tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari , tuman hokimining birinchi va tarmoqlar bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirok etishdi.

Kun tartibiga quyidagi masala kiritilgan.

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 20-dekabrdagi PF-223-sonli Farmoniga asosan 2026-yilda Muzrabot tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojantirish dasturining joriy yilning 1-choragida amalga oshirilgan ishlar haqida tuman hokimining birinchi va tarmoqlar bo‘yicha o‘rinbosarlarining hisoboti to‘g‘risida.

Kun tartibidagi masala bo‘yicha tuman hokimining moliya iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i, tuman hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i, tuman hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashishi va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari va tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarining hisobotlari dastlabki tarzda komissiya a’zolari tomonidan diqqat bilan tinglandi.

Mazkur masalalar bo‘yicha bildirilgan fikr-mulohazalar tinglanib, doimiy komissiya a’zolarining takliflarini inobatga olib, xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashining doimiy komissiyasining tegishli qarori qabul qilindi.
Slide 1 of 5