35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BO‘STON MAHALLASIDAGI MAKTABDA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
BUYUK KELAJAKNI BILIMLI YOSHLAR BARPO ETADI!
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: “HAMID OLIMJON” MAHALLASIDA IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASH TIZIMI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT O‘RGANISHI: MAHALLALARDA QONUN USTUVORLIGI VA MAHALLIY IJRO NAZORATDA
янв.21
KELAJAK DEPUTATLARI VILOYAT KENGASHIDA: YOSHLAR MASLAHAT GURUHI UCHUN MAXSUS EKSKURSIYA
янв.21
“QISHLOQ JOYLARNI BARQAROR RIVOJLANTIRISH” LOYIHASI: DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
HILOL MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYA TIZIMI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA KO‘MAK: VAZIYAT QANDAY?
янв.21
MAHALLA FAOLLARI BILAN YAQIN HAMKORLIK: HUDUDDAGI IJTIMOIY MASALALAR QANDAY HAL ETILMOQDA?
янв.21
AHOLI MUAMMOLARIGA YECHIM IZLAB: DEPUTATLIK NAZORATI VA MAHALLA YETTILIGI HAMKORLIGI
Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashining 7-Shirinbuloq saylov okrugi deputati A. Dadajonov hamda mutasaddi tashkilot vakillari tomonidan tumandagi Taxtako‘prik MFY hududida istiqomat qiluvchi fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Jumladan, mahalla hududida joylashgan 18-sonli maktabgacha ta’lim muassasasidagi mavjud holat, muassasaning moddiy-texnik bazasi, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi.

🗣 O‘rganish davomida mahalla faollari, ota-onalar va muassasa mas’ullari bilan muloqot o‘tkazilib, mavjud kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosini nazoratga olish bo‘yicha choralar ko‘rildi.

🤝 Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, hududlardagi muammolarni joyida o‘rganish hamda aholi uchun munosib sharoitlar yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4