35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BO‘STON MAHALLASIDAGI MAKTABDA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
BUYUK KELAJAKNI BILIMLI YOSHLAR BARPO ETADI!
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: “HAMID OLIMJON” MAHALLASIDA IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASH TIZIMI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT O‘RGANISHI: MAHALLALARDA QONUN USTUVORLIGI VA MAHALLIY IJRO NAZORATDA
янв.21
KELAJAK DEPUTATLARI VILOYAT KENGASHIDA: YOSHLAR MASLAHAT GURUHI UCHUN MAXSUS EKSKURSIYA
янв.21
“QISHLOQ JOYLARNI BARQAROR RIVOJLANTIRISH” LOYIHASI: DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
HILOL MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYA TIZIMI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA KO‘MAK: VAZIYAT QANDAY?
янв.21
MAHALLA FAOLLARI BILAN YAQIN HAMKORLIK: HUDUDDAGI IJTIMOIY MASALALAR QANDAY HAL ETILMOQDA?
янв.21
AHOLI MUAMMOLARIGA YECHIM IZLAB: DEPUTATLIK NAZORATI VA MAHALLA YETTILIGI HAMKORLIGI
Mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

Mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

📱 Bugun xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati tomonidan Zoom platformasi orqali yig‘ilish o‘tkazildi. Unda tuman Kengashlari kotibiyat mudirlari hamda bosh mutaxassislari ishtirok etdi.

📁 Yig‘ilish davomida mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirish, Senat qarorlarining hududlardagi ijrosini ta’minlash, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda ijro intizomini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, deputatlarning hududlarda “ko‘cha-bay” tartibida muammolarni o‘rganishi, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, doimiy komissiyalar faoliyatini tizimlashtirish va sessiyalarni yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

🗣 Yig‘ilishda deputatlar faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan 24 ta tavsiyaviy savol hamda 96 ta muhim qonun asosida ishlarni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

💼 Mazkur yig‘ilishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati ham faol ishtirok etdi. Jumladan, kotibiyat mudiri A.Usmanov hamda bosh mutaxassislar U.Abilov va Z.Kuziyevalar qatnashib, yig‘ilishda berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq rejalar belgilab olindi.

Slide 1 of 4