Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AHOLI MUAMMOLARIGA YECHIM IZLAB: DEPUTATLIK NAZORATI VA MAHALLA YETTILIGI HAMKORLIGI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI: MAHALLALARDAGI DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
XOTIRA — MUQADDAS, QADR — AZIZ
янв.21
YO‘LLAR TA’MIRI VA JAMOAT TRANSPORTI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi: Suv ta’minoti va yo‘l infratuzilmasi bo‘yicha deputatlik nazorati.
янв.21
Yosh avlod ta’lim-tarbiyasi — ustuvor vazifa: Yuqoriovuldagi yangi maskan tayyormi?
янв.21
60 ta qo‘shimcha o‘rin va zamonaviy sharoitlar: Tuman Kengashi deputati qurilish obyektini o‘rgandi
янв.21
«Ikki karra mas’uliyat: Hokim va deputat maqomi muammolar yechimini tezlashtirmoqda»
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XXII-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XXI-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Ahrorxon Xashimxonov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Ahrorxon Xashimxonov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Ahrorxon Xashimxonov tomonidan Sergeli tumanidagi “Izzatli” mahalla fuqarolar yig‘inida 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berish uchrashuvi tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda mahalla faollari, tegishli tashkilotlar vakillari, hududga biriktirilgan bojxona xodimi hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, hududdagi mavjud muammolar, fuqarolar murojaatlari va istiqboldagi tashabbuslar yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi.

📝 Deputat o‘z axborotida hisobot davrida aholi bilan muntazam uchrashuvlar tashkil etilgani, hududiy o‘rganishlar olib borilgani hamda fuqarolar murojaatlarini joyida hal etishga alohida e’tibor qaratilganini ta’kidladi. Shuningdek, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi sessiyalari hamda doimiy komissiya yig‘ilishlarida faol ishtirok etib, hududlarni rivojlantirish, kommunal soha, ijtimoiy himoya va infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha qator takliflarni ilgari surgani qayd etildi.

📁 Uchrashuv davomida Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi asosida amalga oshirilayotgan ishlar va o‘rganishlar haqida ham ma’lumot berildi. Jumladan, yoshlar bandligini ta’minlash, aholini sifatli tibbiy xizmat bilan qamrab olish, sport inshootlari va ta’lim muassasalari holatini yaxshilash, kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

📉 Shuningdek, mahalla ichki yo‘llari, tungi yoritish tizimi, chiqindilarni olib chiqish, jamoat transporti harakati, elektr energiyasi, gaz va ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganishlar olib borilgani aytib o‘tildi.

🗣 Deputat tomonidan hududdagi jinoyatchilikning oldini olish, yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash hamda mahalla infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tashabbuslar ilgari surildi. Ayrim masalalar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi va ularni nazoratga olish bo‘yicha kelishib olindi.

🔎 Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif ва murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi. Shuningdek, navbatdagi sessiyalar va doimiy komissiya yig‘ilishlariga hududdagi dolzarb masalalarni kiritish hamda ularni joyiga chiqib o‘rganish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilishi ta’kidlandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 6