Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AHOLI MUAMMOLARIGA YECHIM IZLAB: DEPUTATLIK NAZORATI VA MAHALLA YETTILIGI HAMKORLIGI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI: MAHALLALARDAGI DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
XOTIRA — MUQADDAS, QADR — AZIZ
янв.21
YO‘LLAR TA’MIRI VA JAMOAT TRANSPORTI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi: Suv ta’minoti va yo‘l infratuzilmasi bo‘yicha deputatlik nazorati.
янв.21
Yosh avlod ta’lim-tarbiyasi — ustuvor vazifa: Yuqoriovuldagi yangi maskan tayyormi?
янв.21
60 ta qo‘shimcha o‘rin va zamonaviy sharoitlar: Tuman Kengashi deputati qurilish obyektini o‘rgandi
янв.21
«Ikki karra mas’uliyat: Hokim va deputat maqomi muammolar yechimini tezlashtirmoqda»
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XXII-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XXI-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Qumrabot mahallasida xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlar deputat tomonidan o’rganildi.

18-Hazortut  saylov okrugi deputati M.Jumayeva tomonidan mahallada xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlar o’rganildi. Tashrif davomida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning bandligini ta’minlash, oilalar farovonligini mustahkamlash hamda muammolarini o’z vaqtida hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, xotin-qizlar faoli tomonidan ish hujjatlarini tartibli va talab darajasida yuritilayotgani, murojaatlar bilan ishlash hamda ehtiyojmand oilalarni doimiy nazoratga olish ishlari samarali tashkil etilgani ta’kidlandi.

Mahallada xotin-qizlarni tomorqadan unumli foydalanishga yo’naltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham alohida e’tirof etildi. Ayniqsa, bir qator xotin-qizlar tomonidan tomorqa yer maydonlarida pamidor yetishtirish yo’lga qo’yilib, bu orqali oilaviy daromad manbai yaratilayotgani qayd etildi. Mazkur tashabbus nafaqat xonadonlar farovonligini oshirish, balki aholi bandligini ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi. 

Slide 1 of 1