Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AHOLI MUAMMOLARIGA YECHIM IZLAB: DEPUTATLIK NAZORATI VA MAHALLA YETTILIGI HAMKORLIGI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI: MAHALLALARDAGI DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
XOTIRA — MUQADDAS, QADR — AZIZ
янв.21
YO‘LLAR TA’MIRI VA JAMOAT TRANSPORTI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi: Suv ta’minoti va yo‘l infratuzilmasi bo‘yicha deputatlik nazorati.
янв.21
Yosh avlod ta’lim-tarbiyasi — ustuvor vazifa: Yuqoriovuldagi yangi maskan tayyormi?
янв.21
60 ta qo‘shimcha o‘rin va zamonaviy sharoitlar: Tuman Kengashi deputati qurilish obyektini o‘rgandi
янв.21
«Ikki karra mas’uliyat: Hokim va deputat maqomi muammolar yechimini tezlashtirmoqda»
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XXII-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XXI-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Deputat mahallada Aholi salomatligi — doimiy e’tiborda

 Aholi salomatligi — doimiy
e’tiborda
 

 Aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam
ko‘rsatish, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash
bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir.
 

 Shu maqsadda, 15-Fayzabod saylov okrugi
deputati (XDP Kengashi raisi) D.Komilova tashabbusi bilan Fayzabod MFY
hududidagi 49-oilaviy poliklinikada chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil
etildi.
 

 Mazkur tibbiy ko‘rikka mahalla aholisi
hamda “Ayollar daftari”ning “Tibbiy yordamga muhtoj ayollar” toifasida turuvchi
xotin-qizlar jalb etilib, ular malakali shifokorlar tomonidan batafsil
tekshiruvdan o‘tkazildi.
 

 Jarayonning shaffof va samarali o‘tishi
deputat D.Komilova hamda Xalq deputatlari Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi
tomonidan bevosita kuzatib borildi. Ko‘rik davomida aniqlangan kasalliklar
bo‘yicha fuqarolarga zarur tavsiyalar, bepul dori-darmonlar va davolanish uchun
yo‘llanmalar ajratilishi belgilab olindi.
 

Inson
qadri va salomatligi yo‘lidagi bu kabi xayrli tadbirlar mahallalarimizda davom
etmoqda.
 

Telegram(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati) Facebook(https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/  

Slide 1 of 11