Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI: MAHALLALARDAGI DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
XOTIRA — MUQADDAS, QADR — AZIZ
янв.21
YO‘LLAR TA’MIRI VA JAMOAT TRANSPORTI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi: Suv ta’minoti va yo‘l infratuzilmasi bo‘yicha deputatlik nazorati.
янв.21
Yosh avlod ta’lim-tarbiyasi — ustuvor vazifa: Yuqoriovuldagi yangi maskan tayyormi?
янв.21
60 ta qo‘shimcha o‘rin va zamonaviy sharoitlar: Tuman Kengashi deputati qurilish obyektini o‘rgandi
янв.21
«Ikki karra mas’uliyat: Hokim va deputat maqomi muammolar yechimini tezlashtirmoqda»
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XXII-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XXI-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XX-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Deputat tashabbusi

Deputat tashabbusi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi 24-Dovud saylov okrugi deputati Nilufar Ergashovna Ibragimova tashabbusi bilan “Dovud” mahallasida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Fuqarolar murojaatlari va mahalla ahlining takliflari asosida mahallaga kirish qismida zamonaviy ko‘cha yoritgichlari o‘rnatildi. Ushbu loyiha mahallada yig‘ilgan soliq tushumlarining 10 foizi hisobidan amalga oshirilib, “Xalq budjeti” tamoyilining amaliy natijasi bo‘ldi.
Bundan tashqari, mahallada jamoat xavfsizligini kuchaytirish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash maqsadida kuzatuv kameralari ham o‘rnatildi. Zamonaviy xavfsizlik tizimi orqali hududda doimiy nazoratni yo‘lga qo‘yish va ayniqsa tungi vaqtda xavfsizlikni ta’minlash imkoniyatlari kengaydi.
Ayniqsa, Qurbon hayiti arafasida amalga oshirilayotgan bunday xalqparvar va bunyodkor tashabbuslar aholining kayfiyatiga ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

Slide 1 of 1