Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BO‘STON MAHALLASIDAGI MAKTABDA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
BUYUK KELAJAKNI BILIMLI YOSHLAR BARPO ETADI!
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: “HAMID OLIMJON” MAHALLASIDA IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASH TIZIMI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT O‘RGANISHI: MAHALLALARDA QONUN USTUVORLIGI VA MAHALLIY IJRO NAZORATDA
янв.21
KELAJAK DEPUTATLARI VILOYAT KENGASHIDA: YOSHLAR MASLAHAT GURUHI UCHUN MAXSUS EKSKURSIYA
янв.21
“QISHLOQ JOYLARNI BARQAROR RIVOJLANTIRISH” LOYIHASI: DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
HILOL MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYA TIZIMI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA KO‘MAK: VAZIYAT QANDAY?
янв.21
MAHALLA FAOLLARI BILAN YAQIN HAMKORLIK: HUDUDDAGI IJTIMOIY MASALALAR QANDAY HAL ETILMOQDA?
янв.21
AHOLI MUAMMOLARIGA YECHIM IZLAB: DEPUTATLIK NAZORATI VA MAHALLA YETTILIGI HAMKORLIGI
Temirxo‘ja mahallasida ichimlik suvi muammosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyat mudiri F. Xolmuratova hamda 15-Mustaqillik saylov okrugi deputati J. Ochilov Temirxo‘ja mahallasida bo‘lib, hududdagi dolzarb muammolar bilan tanishdi.

O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, 1967-yilda qurilgan suv inshootining yaroqsiz holga kelib qolganligi natijasida mahallaning qariyb 80 foiz xonadonlari ichimlik suvi ta’minotida uzilishlarga duch kelmoqda.

Mazkur muammo aholi turmush darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani inobatga olinib, uni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi chiqarish rejalashtirildi.

Shuningdek, mavjud muammoni tizimli hal etish, infratuzilmani yangilash hamda aholiga barqaror ichimlik suvi yetkazib berishni ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko‘rish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Slide 1 of 2