Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT NAZORATI: “HAMID OLIMJON” MAHALLASIDA IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASH TIZIMI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT O‘RGANISHI: MAHALLALARDA QONUN USTUVORLIGI VA MAHALLIY IJRO NAZORATDA
янв.21
KELAJAK DEPUTATLARI VILOYAT KENGASHIDA: YOSHLAR MASLAHAT GURUHI UCHUN MAXSUS EKSKURSIYA
янв.21
“QISHLOQ JOYLARNI BARQAROR RIVOJLANTIRISH” LOYIHASI: DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
HILOL MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYA TIZIMI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA KO‘MAK: VAZIYAT QANDAY?
янв.21
MAHALLA FAOLLARI BILAN YAQIN HAMKORLIK: HUDUDDAGI IJTIMOIY MASALALAR QANDAY HAL ETILMOQDA?
янв.21
AHOLI MUAMMOLARIGA YECHIM IZLAB: DEPUTATLIK NAZORATI VA MAHALLA YETTILIGI HAMKORLIGI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI: MAHALLALARDAGI DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
XOTIRA — MUQADDAS, QADR — AZIZ
#Haftalik_dayjest

2026-yil 4-8-may kunlari uchun belgilangan Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining haftalik ish rejasiga muvofiq, hafta davomida Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda deputatlik nazoratlari, o‘rganishlar hamda ijtimoiy ahamiyatga ega masalalar yuzasidan qator ishlar amalga oshirildi.

Milliy tiklanish partiyasidan saylangan deputat Jumamuratova Sayyora tomonidan “Olmazor” MFYda o‘tkazilgan deputatlik nazorati davomida tuman muzeyi hududida chiqindilar to‘planayotgani aniqlanib, ushbu hududga chiqindi konteyneri o‘rnatish zarurligi bildirildi. Shuningdek, muzey tomidan yomg‘ir suvi o‘tayotgani sababli eksponatlarga zarar yetayotganligi qayd etilib, tom qismini ta’mirlash bo‘yicha tegishli takliflar ilgari surildi. Mazkur masalalar yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosariga deputatlik so‘rovlari chiqarildi. 

Adolat SDP partiyasidan saylangan deputat Otabayeva Dilnoza tomonidan Prezidentning PQ-393-son qarori ijrosi doirasida “Qum yop” MFYdagi 39-sonli umumta’lim maktabida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari o‘rganildi. Shuningdek, hududda mahalla yettiligi faoliyati samaradorligi tahlil qilinib, mahalla institutining aholi muammolarini hal etishdagi o‘rnini yanada kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi. 

Tumanda aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari ham izchil davom etmoqda. Xususan, “Archico Engineering Company” tomonidan yangi ichimlik suvi tarmoqlarini tortish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. 

Shuningdek, Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabr kungi “Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 665-sonli qarori ijrosini Amudaryo tumanida ta’minlash to‘g‘risida”gi masala muhokama qilindi. 

Hafta davomida deputatlik o‘rganishlari natijasida aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborildi. 

Bundan tashqari, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi qarori bilan tuman budjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish tartibini belgilovchi yangi nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra, qo‘shimcha mablag‘lardan faqat ustuvor yo‘nalishlarda foydalanish belgilandi. 

Shuningdek, Xalq deputatlar Amudaryo tumani Kengashi raisi A.Yuldashev tomonidan “Kasb va mehnat kuni” hamda 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan fuqarolarga bayram tabriklari yo‘llandi.

Slide 1 of 1