Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XOTIRA — MUQADDAS, QADR — AZIZ
янв.21
YO‘LLAR TA’MIRI VA JAMOAT TRANSPORTI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi: Suv ta’minoti va yo‘l infratuzilmasi bo‘yicha deputatlik nazorati.
янв.21
Yosh avlod ta’lim-tarbiyasi — ustuvor vazifa: Yuqoriovuldagi yangi maskan tayyormi?
янв.21
60 ta qo‘shimcha o‘rin va zamonaviy sharoitlar: Tuman Kengashi deputati qurilish obyektini o‘rgandi
янв.21
«Ikki karra mas’uliyat: Hokim va deputat maqomi muammolar yechimini tezlashtirmoqda»
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XXII-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XXI-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XX-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XIV-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Jinoyatchilik profilaktikasi va huquqiy targ‘ibot ishlari samaradorligini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi

Jinoyatchilik profilaktikasi va huquqiy targ‘ibot ishlari samaradorligini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi

 🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga "Adolat" SDPdan saylangan “6-Xondamir” okrugi deputati Azizov Kamolidin To‘laganovich tashabbusi bilan hududda jinoyatchilikning oldini olish, ayniqsa “qizil” va “sariq” toifadagi mahallalarda huquqbuzarliklarni kamaytirish masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot va tushuntirish tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbir mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishidan biri — hududda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash yo‘nalishi doirasida amalga oshirildi.

 🇺🇿 Tadbirda tuman ichki ishlar bo‘limiga qarashli profilaktika inspektorlari, mahalla faollari hamda mas’ul tashkilot vakillari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida hududdagi jinoyatchilik holati, uning kelib chiqish sabablari va ayniqsa jinoyatlar soni oshib borayotgan hududlarda profilaktik choralarni kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.

 💬 Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yo‘riqnoma o‘tkazilib, davlat xizmatchilari va fuqarolar o‘rtasida qonuniylik, halollik va shaffoflik tamoyillariga rioya qilish muhimligi ta’kidlandi. Tadbir davomida profilaktika inspektorlari bilan saf yig‘ini shaklida suhbat tashkil qilinib, tumanda jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud muammolar muhokama qilindi.

 📁 Deputat Kamolitdin Azizov tomonidan hududlarda xavfsiz muhit yaratish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish va fuqarolar bilan manzilli ishlash bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-sonli “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati yuzasidan ham tushuntirishlar berildi. Mazkur qaror asosida mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, profilaktika tizimini kuchaytirish, fuqarolar murojaatlari bilan manzilli ishlash hamda huquqiy targ‘ibot tadbirlarini kengaytirish zarurligi alohida qayd etildi.

 🔼 Mazkur tadbir hududda osoyishtalikni mustahkamlash, jinoyatchilikni kamaytirish hamda fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3