Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BO‘STON MAHALLASIDAGI MAKTABDA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
BUYUK KELAJAKNI BILIMLI YOSHLAR BARPO ETADI!
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: “HAMID OLIMJON” MAHALLASIDA IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASH TIZIMI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT O‘RGANISHI: MAHALLALARDA QONUN USTUVORLIGI VA MAHALLIY IJRO NAZORATDA
янв.21
KELAJAK DEPUTATLARI VILOYAT KENGASHIDA: YOSHLAR MASLAHAT GURUHI UCHUN MAXSUS EKSKURSIYA
янв.21
“QISHLOQ JOYLARNI BARQAROR RIVOJLANTIRISH” LOYIHASI: DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
HILOL MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYA TIZIMI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA KO‘MAK: VAZIYAT QANDAY?
янв.21
MAHALLA FAOLLARI BILAN YAQIN HAMKORLIK: HUDUDDAGI IJTIMOIY MASALALAR QANDAY HAL ETILMOQDA?
янв.21
AHOLI MUAMMOLARIGA YECHIM IZLAB: DEPUTATLIK NAZORATI VA MAHALLA YETTILIGI HAMKORLIGI
Jamoat transporti faoliyati yuzasidan 18-avtobus saroyida o‘rganish o‘tkazildi

Jamoat transporti faoliyati yuzasidan 18-avtobus saroyida o‘rganish o‘tkazildi

 🇺🇿 Uchtepa tumanida jamoat transporti tizimi hamda yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini o‘rganish maqsadida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlaridan iborat ishchi guruh tomonidan “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.

 🚌 O‘rganish jarayonida “Jamoat transportining muntazam harakatlanishi, avtobus bekatlarining holati hamda chiptalarni olishning qulayligi” masalalariga alohida e’tibor qaratilib, tuman hududida joylashgan 18-avtobus saroyi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

 📁 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-111-sonli “Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganildi.

 🗣 Ma’lumot uchun, bugungi kunda Toshkent shahri aholisi uchun jami 1 672 ta avtobus yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatmoqda. Shundan 18-avtobus saroyida 238 ta avtobus mavjud bo‘lib, ular poytaxtning 9 ta tumani hududidan o‘tuvchi yo‘nalishlarda harakatlanadi. Ushbu avtobuslarning 54 tasini zamonaviy elektrobuslar tashkil etadi. Korxona hududida elektrobuslarni zaryadlash uchun 20 ta maxsus zaryadlash qurilmalari o‘rnatilgan.

 ⚡️ Mutasaddilarning ma’lumotiga ko‘ra, brutto tizimi 2023-yildan boshlab samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Har bir elektrobus o‘rtacha 2,5 soat davomida zaryad oladi va kuniga 300 km gacha masofani bosib o‘tadi. Shuningdek, yo‘nalishga chiquvchi haydovchilar har kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, yil davomida esa to‘liq tibbiy ko‘rikdan bir marotaba o‘tadilar.

 🟡 O‘rganish davomida 2026-yil 4-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan 11-yo‘nalish avtobusi bilan bog‘liq holat ham ko‘rib chiqildi. Aniqlanishicha, “Toshshahartransxizmat” AJ tasarrufidagi “18-avtobus saroyi” filialiga qarashli “KING LONG” rusumli, davlat raqami 01 864 LKA, saroy raqami 331 bo‘lgan avtobus “Beltepa dahasi – Mahalliy aeroport” yo‘nalishida harakatlanayotgan vaqtda texnik nosozlik yuzaga kelganligi sababli harakatdan to‘xtagan.

 ✅ Haydovchi yo‘lovchilarga texnik nosozlik sababli avtobus harakatni davom ettira olmasligini ma’lum qilib, ortidan kelayotgan shu yo‘nalishdagi boshqa avtobusga o‘tishni taklif etgan. Shundan so‘ng avtobus 18-avtobus saroyiga qaytarilgan va texnik kamchiliklar tezkorlik bilan bartaraf etilib, o‘sha kunning o‘zida yana yo‘nalishga chiqarilgan.

 🇺🇿 O‘rganish jarayonida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, tuman deputatlari Abdurashid Abdushukurov, Saodat Malikova hamda Bobur Xalmatovlar tomonidan fuqarolardan bildirilayotgan e’tiroz va takliflar korxona rahbariyatiga yetkazildi.

  🔼 Tadbir davomida deputatlarga “Toshshahartransxizmat” AJ rahbarining o‘rinbosari Komiljon Qodirov hamrohlik qildi.

Slide 1 of 9