Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BO‘STON MAHALLASIDAGI MAKTABDA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
BUYUK KELAJAKNI BILIMLI YOSHLAR BARPO ETADI!
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: “HAMID OLIMJON” MAHALLASIDA IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASH TIZIMI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT O‘RGANISHI: MAHALLALARDA QONUN USTUVORLIGI VA MAHALLIY IJRO NAZORATDA
янв.21
KELAJAK DEPUTATLARI VILOYAT KENGASHIDA: YOSHLAR MASLAHAT GURUHI UCHUN MAXSUS EKSKURSIYA
янв.21
“QISHLOQ JOYLARNI BARQAROR RIVOJLANTIRISH” LOYIHASI: DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
HILOL MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYA TIZIMI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA KO‘MAK: VAZIYAT QANDAY?
янв.21
MAHALLA FAOLLARI BILAN YAQIN HAMKORLIK: HUDUDDAGI IJTIMOIY MASALALAR QANDAY HAL ETILMOQDA?
янв.21
AHOLI MUAMMOLARIGA YECHIM IZLAB: DEPUTATLIK NAZORATI VA MAHALLA YETTILIGI HAMKORLIGI
🔰Aholi murojaatlari o‘rganildi.

🔸Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi raisi M.Imomov, Kengash kotibiyati mudiri M.Adilova, shahar Kengashi deputatlari Sh.Azimov va T.Rasulovalar hamda Oila va xotin-qizlar bo‘limi xodimlari bilan birgalikda "Olmazor” MFY, “Olmazor” ko‘chasi 12/11 uyda yashovchi fuqaro D.Ro‘ziyevaning uy-joy krediti to‘lovlarini to‘lashda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati o‘rganib chiqildi.

🔸O‘rganish davomida fuqaroning ijtimoiy holati tahlil qilinib, qaramog‘ida bir nafar voyaga yetmagan farzandi borligi, turmush o‘rtog‘i yo‘qligi va hozirgi vaqtda vaqtincha ishsiz ekanligi aniqlandi. 

🔸O‘tkazilgan suhbat natijalari va to‘plangan hujjatlarga asoslanib, uy-joy kredit to‘lovlari uchun moddiy yordam ajratish masalasi Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilib qaror asosida tegishli mablag‘ ajratildi va masala ijobiy hal etildi.

Slide 1 of 3