Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BO‘STON MAHALLASIDAGI MAKTABDA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
BUYUK KELAJAKNI BILIMLI YOSHLAR BARPO ETADI!
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: “HAMID OLIMJON” MAHALLASIDA IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASH TIZIMI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT O‘RGANISHI: MAHALLALARDA QONUN USTUVORLIGI VA MAHALLIY IJRO NAZORATDA
янв.21
KELAJAK DEPUTATLARI VILOYAT KENGASHIDA: YOSHLAR MASLAHAT GURUHI UCHUN MAXSUS EKSKURSIYA
янв.21
“QISHLOQ JOYLARNI BARQAROR RIVOJLANTIRISH” LOYIHASI: DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
HILOL MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYA TIZIMI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA KO‘MAK: VAZIYAT QANDAY?
янв.21
MAHALLA FAOLLARI BILAN YAQIN HAMKORLIK: HUDUDDAGI IJTIMOIY MASALALAR QANDAY HAL ETILMOQDA?
янв.21
AHOLI MUAMMOLARIGA YECHIM IZLAB: DEPUTATLIK NAZORATI VA MAHALLA YETTILIGI HAMKORLIGI
🎖 INSON QADRI — DAVLAT SIYOSATINING USTUVOR YO‘NALISHI, XOTIRA ESA MILLAT SHA’NI!

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan urush yillarida front ortida fidokorona mehnat qilgan mehnat faxriylari holidan xabar olindi.

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputatlari hamda “Nuroniy” jamg‘armasi xodimlari hamkorligida tashkil etilgan ushbu ezgu tadbir davomida faxriylarning hayot yo‘li, Vatan ravnaqi yo‘lidagi xizmatlari va mashaqqatli mehnati yuksak e’tirof etildi.

Bugungi kunda mamlakatimizda inson qadri, keksa avlod vakillariga hurmat va ehtirom ko‘rsatish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida izchil davom ettirilmoqda. Ayniqsa, front ortida mehnat qilgan faxriylarni e’zozlash, ularning holidan xabar olish va munosib rag‘batlantirish — xalqparvar siyosatning amaliy ifodasidir.

Tashrif davomida faxriylar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazilib, ularga bayram sovg‘alari hamda ezgu tilaklar topshirildi.

🇺🇿 Xotira — muqaddas, inson qadri esa hamisha e’zozda!


 ммммммммм


 

Slide 1 of 1