Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XOTIRA — MUQADDAS, QADR — AZIZ
янв.21
YO‘LLAR TA’MIRI VA JAMOAT TRANSPORTI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi: Suv ta’minoti va yo‘l infratuzilmasi bo‘yicha deputatlik nazorati.
янв.21
Yosh avlod ta’lim-tarbiyasi — ustuvor vazifa: Yuqoriovuldagi yangi maskan tayyormi?
янв.21
60 ta qo‘shimcha o‘rin va zamonaviy sharoitlar: Tuman Kengashi deputati qurilish obyektini o‘rgandi
янв.21
«Ikki karra mas’uliyat: Hokim va deputat maqomi muammolar yechimini tezlashtirmoqda»
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XXII-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XXI-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XX-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XIV-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Kengash_faoliyati

🏥 AHOLI SALOMATLIGI — DOIMIY NAZORATDA

✅Bandixon tumanida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish hamda tibbiyot muassasalaridagi real holatni o‘rganish maqsadida tizimli nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

✅Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi deputati Otabek Allaberdiyev hamda tuman Kengashi bosh mutaxassisi B.Qurbonovlar tumandagi Tibbiyot birlashmasi KTMP "Oybek" filialida bo‘lib, muassasa faoliyatini ko‘zdan kechirdilar.

✅O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:

✅ Xizmat sifati: Bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam darajasi va shifokorlarning muomala madaniyati;

✅ Dori-darmon ta’minoti: Imtiyozli dori vositalari va zaruriy tibbiy buyumlarning zaxirasi;

✅ Navbatlar nazorati: Elektron navbat tizimining samaradorligi va fuqarolarning kutish vaqtini qisqartirish choralari;

✅ Sharoitlar: Binoning issiqlik tizimi, sanitariya holati hamda laboratoriya jihozlarining sozligi.

✅Maqsad aniq: Har bir fuqaro o‘z vaqtida, sifatli va munosib sharoitlarda tibbiy yordam olishini ta’minlash!

Slide 1 of 2