Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YO‘LLAR TA’MIRI VA JAMOAT TRANSPORTI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi: Suv ta’minoti va yo‘l infratuzilmasi bo‘yicha deputatlik nazorati.
янв.21
Yosh avlod ta’lim-tarbiyasi — ustuvor vazifa: Yuqoriovuldagi yangi maskan tayyormi?
янв.21
60 ta qo‘shimcha o‘rin va zamonaviy sharoitlar: Tuman Kengashi deputati qurilish obyektini o‘rgandi
янв.21
«Ikki karra mas’uliyat: Hokim va deputat maqomi muammolar yechimini tezlashtirmoqda»
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XXII-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XXI-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XX-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XIV-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XVIII-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
DEPUTAT NAZORATI

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi vakillari Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati mudiri Q. O‘tayev bilan hamkorlikda Sardoba tumani markazidagi maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida bo‘lib, bolalarga yaratilgan shart-sharoitlarni yaqindan o‘rgandilar.

O‘rganish jarayonida muassasadagi ta’lim-tarbiya muhiti, bolalar uchun yaratilgan qulayliklar, moddiy-texnik baza, o‘quv xonalarining jihozlanishi hamda sanitariya-gigiyena holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ishlar va bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun yaratilgan imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, mavjud yutuqlar bilan bir qatorda ayrim kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi. Mazkur o‘rganish ishlari ta’lim muassasalarida shart-sharoitlarni yana-da yaxshilash va bolalarga sifatli ta’lim berishni ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5