Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XOTIRA — MUQADDAS, QADR — AZIZ
янв.21
YO‘LLAR TA’MIRI VA JAMOAT TRANSPORTI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi: Suv ta’minoti va yo‘l infratuzilmasi bo‘yicha deputatlik nazorati.
янв.21
Yosh avlod ta’lim-tarbiyasi — ustuvor vazifa: Yuqoriovuldagi yangi maskan tayyormi?
янв.21
60 ta qo‘shimcha o‘rin va zamonaviy sharoitlar: Tuman Kengashi deputati qurilish obyektini o‘rgandi
янв.21
«Ikki karra mas’uliyat: Hokim va deputat maqomi muammolar yechimini tezlashtirmoqda»
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XXII-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XXI-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XX-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XIV-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati A. Muxammadiyev tomonidan hududda istiqomat qiluvchi yoshi ulug‘ fuqarolar holidan xabar olish maqsadida manzilli tashrif amalga oshirildi.

Tashrif davomida keksalarning turmush sharoiti, salomatligi va kundalik ehtiyojlari bilan yaqindan tanishilib, ularning hol-ahvoli so‘raldi. Samimiy muloqot jarayonida keksa avlod vakillarining hayotiy tajribasi va jamiyatdagi o‘rni alohida e’tirof etildi.

Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan muammo va takliflar diqqat bilan tinglanib, ularni hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish masalalari belgilab olindi. Ayrim ehtiyojmand keksalarga zarur ko‘maklar ko‘rsatildi.

Mazkur tashrif inson qadrini ulug‘lash, keksa avlod vakillariga hurmat-ehtirom ko‘rsatish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar izchil davom etayotganini yana bir bor namoyon etdi

Slide 1 of 2