Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XOTIRA — MUQADDAS, QADR — AZIZ
янв.21
YO‘LLAR TA’MIRI VA JAMOAT TRANSPORTI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi: Suv ta’minoti va yo‘l infratuzilmasi bo‘yicha deputatlik nazorati.
янв.21
Yosh avlod ta’lim-tarbiyasi — ustuvor vazifa: Yuqoriovuldagi yangi maskan tayyormi?
янв.21
60 ta qo‘shimcha o‘rin va zamonaviy sharoitlar: Tuman Kengashi deputati qurilish obyektini o‘rgandi
янв.21
«Ikki karra mas’uliyat: Hokim va deputat maqomi muammolar yechimini tezlashtirmoqda»
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XXII-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XXI-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XX-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XIV-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Sho'rchi tumanida Kengash kotibiyati mudiri Sh.Boyqulovning kunlik Ish rejasi ijrosini ta'minlash maqsadida deputatlar faoliyatining eng muhim 24 ta yo'nalishlari asosida nazorat-tahlil tadbiri o'tkazildi

Mazkur tadbir 32-Yangibozor saylov okrugidan saylangan viloyat Kengashi deputati S.Astanaqulov okrugiga qarashli tumandagi "Bobur" mahallasida amalga oshirildi. Unda xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyat mudiri Sh.Boyqulov, Hududiy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari X.Samatov hamda mahalla mas'ullari ishtirok etdi.

O‘rganishlar davomida eski 2 qavatli hamda yangi qurilgan ko'p qavatli uylar sifati, yerto'la qismlari, yaratilgan sharoitlar ko'zdan kechirildi. Deputat tashabbusi bilan tashkil etilgan chiqindi tashlash joylari holati va mahalladagi obodonlashtirish ishlari ko'zdan kechirildi.

Bundan tashqari, o'rganishlar davomida mahalla to'liq kameralashtirilganligi, ko'p qavatli uylarga kirish eshiklari kodlik qulflar bilan o'rnatilganligi hamda 4 yildan buyon qurilishi tuxtab qolgan binoda ishlar boshlanganligi ma'lum bo'ldi.  

Shuningdek, mahalla yettiligi faoliyati o'rganildi. Mahalla mas'ullari ish faoliyati va hujjatlari ko'zdan kechirildi. Mahalladagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va o'z vaqtida yechim qilish bo'yicha kelishib olindi.

Slide 1 of 11