Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XOTIRA — MUQADDAS, QADR — AZIZ
янв.21
YO‘LLAR TA’MIRI VA JAMOAT TRANSPORTI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi: Suv ta’minoti va yo‘l infratuzilmasi bo‘yicha deputatlik nazorati.
янв.21
Yosh avlod ta’lim-tarbiyasi — ustuvor vazifa: Yuqoriovuldagi yangi maskan tayyormi?
янв.21
60 ta qo‘shimcha o‘rin va zamonaviy sharoitlar: Tuman Kengashi deputati qurilish obyektini o‘rgandi
янв.21
«Ikki karra mas’uliyat: Hokim va deputat maqomi muammolar yechimini tezlashtirmoqda»
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XXII-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XXI-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XX-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XIV-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
DEPUTAT NAZORATI

Sardoba tumanida pillachilikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda. Xususan, Birlashgan mahallasida fermer xo‘jaliklari tomonidan pilla parvarishlash ishlari uyushqoqlik va mas’uliyat bilan olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi raisi R.Tashpulatov ushbu jarayonlar bilan yaqindan tanishib, pilla yetishtirishdagi sharoitlar, parvarish ishlari hamda fermerlar faoliyatini o‘rgandi. Suhbatlar davomida soha vakillari tomonidan pillachilikni yana-da rivojlantirish, mahsuldorlikni oshirish va zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Qayd etilganidek, pillachilik nafaqat qishloq xo‘jaligining muhim tarmog‘i, balki aholi daromadlarini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratishda ham katta ahamiyatga ega. Shu bois, bu yo‘nalishni qo‘llab-quvvatlash, fermerlarga amaliy yordam ko‘rsatish va ularning tashabbuslarini rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bunday ezgu sa’y-harakatlar hududda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, qishloq aholisining farovonligini oshirish hamda milliy ipakchilik an’analarini yana-da rivojlantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3