Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XOTIRA — MUQADDAS, QADR — AZIZ
янв.21
YO‘LLAR TA’MIRI VA JAMOAT TRANSPORTI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi: Suv ta’minoti va yo‘l infratuzilmasi bo‘yicha deputatlik nazorati.
янв.21
Yosh avlod ta’lim-tarbiyasi — ustuvor vazifa: Yuqoriovuldagi yangi maskan tayyormi?
янв.21
60 ta qo‘shimcha o‘rin va zamonaviy sharoitlar: Tuman Kengashi deputati qurilish obyektini o‘rgandi
янв.21
«Ikki karra mas’uliyat: Hokim va deputat maqomi muammolar yechimini tezlashtirmoqda»
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XXII-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XXI-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XX-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XIV-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati vakillari haftalik ish rejasini ijrosi yuzasidan xizmat faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ilg‘or tajribalarni o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Jizzax viloyati Paxtakor tumani Kengashiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Jizzax viloyati Paxtakor tumani Kengashida olib borilayotgan ishlar, xususan, kotibiyat faoliyatini samarali tashkil etish, hujjatlar aylanishi tizimi, deputatlar bilan ishlash, doimiy komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda sessiyalarni yuqori saviyada o‘tkazish borasidagi amaliy tajribalar batafsil tanishtirildi.

Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida hamkorlikni yanada mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish jarayonlarini izchil davom ettirish hamda samarali boshqaruv tizimini rivojlantirish yo‘lida hamjihatlikda ishlashga kelishib oldilar.

Slide 1 of 5