MIROBOD TUMANIDA “FURQAT” MAHALLASIDA OLIB BORILAYOTGAN KENG KO‘LAMLI OBODONLASHTIRISH ISHLARI HOLATINI O‘RGANDI
Tumanimizda namunali mahalla, ko‘chalar va xonadonlar sonini oshirish borasida “Obod mahalla – obod ko‘cha – obod xonadon” tamoyili asosida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Olib borilayotgan amaliy ishlar holati bilan tanishish maqsadida bugun tuman hokimi Anvar Sayfutdinov, xalq deputatlari Mirobod tuman Kengash deputatlari va sektorkotibi "Furqat" mahallasida bo‘ldi.
Mahallada bugungi kunda muhandislik kommunikatsiyalarini ta’mirlash, ko‘pqavatli uylar va yo‘llar yoqalarida eskirgan bordyurlarni yangilash, lotoklar o‘rnatish singari ishlar amalga oshirilmoqda. O‘rganish natijalariga ko‘ra, ishlarni sifatli amalga oshirish, mahalla hududida mavjud noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish ishlarini davom ettirish, buzilgan joylarni tartibga keltirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.