Xalq deputatlari Boyovut tumani kengashida "Oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Boyovut tumani kengashining Oltmish oltinchi sessiyasi" kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan "Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi", "Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi", "Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi" hamda "Sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat ko‘rsatish, ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya"lari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig'ilish kun tartibidan:
Tuman tibbiyot birlashmasi rahbari Azizqulov Akromjon Usmonqulovichning 2024-yil 2-chorak davomida sog‘liqni saqlash sohasida olib borilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti to‘g‘risida.
Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda aholining ijtimoiy himoya olish huquqlarini ta’minlash bo‘yicha Ijtimoiy himoya milliy agentligi Boyovut tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan amalga oshirilgan ishlar hisoboti to‘g‘risida.
Tumanda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Boyovut tumani tabiat resurslari bo‘limi boshlig‘i Jo‘rabekov Xusan Musurmonqulovichning 2024-yil 1-yarim yillik davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilangan 25-maqsadida “Xotin-qizlarning ta’lim olishi, kasbiy ko‘nikmalarni egallashi va erta turmush va ajrimlarnin oldini olish, tadbirkorlika jalb etishda olib borilayotgan ishlar” yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘ining hisoboti to‘g‘risida.
Boshqa masalalar