Xalq deputatlari Quva tumani Kengashining navbatdagi oltinchi chaqiriq oltmish oltinchi sessiyasi o‘tkazildi.
Sessiya ishida tumanimizdan saylangan viloyat Kengashi deputatlari, tuman sektor raxbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalaga aloqador tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.
Sessiya yig‘ilishida Quva tumanini 2024-2025-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va investitsiya dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida tuman hokimi Xalimjon Umarovning axboroti hamda mas’ullarning hisobotlari tinglandi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan berilgan savollarga mas’ullar tomonidan tegishli javoblar berildi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan qaror loyihasi ishlab chiqilib deputatlar tomonidan tasdiqlandi.