Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XOTIRA — MUQADDAS, QADR — AZIZ
янв.21
YO‘LLAR TA’MIRI VA JAMOAT TRANSPORTI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi: Suv ta’minoti va yo‘l infratuzilmasi bo‘yicha deputatlik nazorati.
янв.21
Yosh avlod ta’lim-tarbiyasi — ustuvor vazifa: Yuqoriovuldagi yangi maskan tayyormi?
янв.21
60 ta qo‘shimcha o‘rin va zamonaviy sharoitlar: Tuman Kengashi deputati qurilish obyektini o‘rgandi
янв.21
«Ikki karra mas’uliyat: Hokim va deputat maqomi muammolar yechimini tezlashtirmoqda»
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XXII-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XXI-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XX-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XIV-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Deputatlar tomonidan o‘z saylovchilari oldida axborot berildi

“26-Pong” saylov okrugidan saylangan deputat Asqarova Farog‘at tomonidan Xo‘ja Ismoil mahallasida yashovchi fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Uchrashuvlarda deputatning saylovoldi dasturi ijrosi yuzasidan qilingan ishlar, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuborilgan deputat so‘rovlari, murojaatlar hamda ularning ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqidagi ma’lumotlar, mahalliy Kengash sessiyasida hududiy davlat organlari mansabdor shaxslarining hisobot (axborot)larini eshitish va eshituv yakunlari bo‘yicha erishilgan natijalar haqidagi ma’lumotlar, hududdagi davlat organlari va tashkilotlari hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, deputatning aholi murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan qilingan ishlari haqidagi ma’lumotlar, o‘z saylov okrugidagi ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik, maishiy va boshqa muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha rejalar, navbatdagi axborot berish davrigacha bo‘lgan muddatda amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida shuningdek, Yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risidagi Qabul qilinayotgan qonun to‘g‘risida hamda “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan faoliyat to‘g‘risida aytib o‘tildi.

Uchrashuv yakunlarida fuqarolarning murojaatlari eshitilib, tegishli tushuntirishlar berildi, murojaatlarni ijobiy hal etish uchun nazoratga olindi. 

Slide 1 of 2