Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XOTIRA — MUQADDAS, QADR — AZIZ
янв.21
YO‘LLAR TA’MIRI VA JAMOAT TRANSPORTI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi: Suv ta’minoti va yo‘l infratuzilmasi bo‘yicha deputatlik nazorati.
янв.21
Yosh avlod ta’lim-tarbiyasi — ustuvor vazifa: Yuqoriovuldagi yangi maskan tayyormi?
янв.21
60 ta qo‘shimcha o‘rin va zamonaviy sharoitlar: Tuman Kengashi deputati qurilish obyektini o‘rgandi
янв.21
«Ikki karra mas’uliyat: Hokim va deputat maqomi muammolar yechimini tezlashtirmoqda»
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XXII-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XXI-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XX-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XIV-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi sakson oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyasi ishida xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati xodimlari, tumandagi tegishli bo‘lim va tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiyaga Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Farhod Ibragimov raislik qildi va olib bordi.

Sessiya ishida kun tartibiga kiritilgan quyidagi masalalar:

- Chinoz tumanida yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash borasida joriy yilning yanvar-may oylarida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;

- Chinoz tumanida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish holatini o‘rganish natijalari to‘g‘risida;

- O‘zbekiston Respublikasining “Geografik obektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq Chinoz tumanidagi mavjud geografik obektlarni nomlash va qayta nomlash to‘g‘risida;

- O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Chinoz tumani bo‘limi boshlig‘ining Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasining 2024-yil 1-chorak daromadlari va xarajatlari ijrosi bo‘yicha hisoboti to‘g‘risida;

- Chinoz tumani hokimining kadrlarga oid ayrim qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Sessiya kun tartibidagi masalalar muhokamasida deputatlar Yigitali Ruzaliyev, Ismoil Sodiqov, Asqar Baxramov, Shuhrat Ergashovlar so‘zga chiqib, o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 1