Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI: MAHALLALARDAGI DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
XOTIRA — MUQADDAS, QADR — AZIZ
янв.21
YO‘LLAR TA’MIRI VA JAMOAT TRANSPORTI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi: Suv ta’minoti va yo‘l infratuzilmasi bo‘yicha deputatlik nazorati.
янв.21
Yosh avlod ta’lim-tarbiyasi — ustuvor vazifa: Yuqoriovuldagi yangi maskan tayyormi?
янв.21
60 ta qo‘shimcha o‘rin va zamonaviy sharoitlar: Tuman Kengashi deputati qurilish obyektini o‘rgandi
янв.21
«Ikki karra mas’uliyat: Hokim va deputat maqomi muammolar yechimini tezlashtirmoqda»
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XXII-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XXI-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XX-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Yangiariq obod bo‘lmoqda

          So‘nggi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamdagi islohotlar natijasida hududlarimiz, ayniqsa, qishloqlarimiz yanada chiroy ochib, obod bo‘lmoqda. Bu boradagi ishlarga “Obod qishloq”, “Obod ko‘cha”, “Obod mahalla” dasturlari va “Tashabbusli byudjet” loyihalari dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.

         Navoiy viloyati Karmana tumanidagi “Yangiariq” mahalla fuqarolar yig‘ini ham ana shunday obodlikka yuz tutgan maskanlardan biridir.  

         Mahallada 799 ta xonadonda 3706 nafar aholi istiqomat qiladi.  

         Dastlab tuman hokimi Valijon Adizov boshchiligida ishchi guruhlar tuzilib, aholi xonadonlarida xatlov o‘tkazildi. Xatlovga ko‘ra, 18 nafar yosh “Yoshlar daftari”ga, 145 nafar xotin-qiz “Ayollar daftari”ga, 78 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaro “Yagona ijtimoiy himoya reyestri”ga kiritildi. Shuningdek, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, xorijga ishlash uchun ketgan shaxslar, kadastr hujjati mavjud bo‘lmagan, ta’mirga muhtoj, suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlanadigan xonadonlarga ham aniqlik kiritildi.  

         Dastur doirasida ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun 900 million so‘m mablag‘ ajratilib, ko‘chalarning 2,8 kilometri asfalt qilindi. 1 kilometr yo‘lga shag‘al yotqizilib, 730 metr piyodalar yo‘lagi tartibga keltirildi.

         Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida esa 306 ta simyog‘och ustuni temir-beton tayanchlarga, 2 ta transformator, 6,5 kilometr uzunlikdagi elektr liniyasi yangisiga almashtirildi. Mavjud 13,1 kilometr gaz quvurlari ta’mirlanib, 5,6 kilometr uzunlikdagi qismi bo‘yoq qilindi.

        Olib borilayotgan ishlar mahalla faollari tomonidan nazoratga olingan, – deydi ushbu hududdan Xalq deputatlari tuman Kengashiga O‘LDPdan saylangan deputat Yusuf Murodov.

        O‘rganishlar jarayonida kerakli tavsiyalar berilmoqda. Aniqlangan kamchilik va muammolar esa zudlik bilan joyida bartaraf etilmoqda. Maqsadimiz amalga oshirilayotgan ishlar sifatli bajarilib, uzoq yillar davomida xalqimizga xizmat qilsin.

Slide 1 of 3