Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AHOLI MUAMMOLARIGA YECHIM IZLAB: DEPUTATLIK NAZORATI VA MAHALLA YETTILIGI HAMKORLIGI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI: MAHALLALARDAGI DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
XOTIRA — MUQADDAS, QADR — AZIZ
янв.21
YO‘LLAR TA’MIRI VA JAMOAT TRANSPORTI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi: Suv ta’minoti va yo‘l infratuzilmasi bo‘yicha deputatlik nazorati.
янв.21
Yosh avlod ta’lim-tarbiyasi — ustuvor vazifa: Yuqoriovuldagi yangi maskan tayyormi?
янв.21
60 ta qo‘shimcha o‘rin va zamonaviy sharoitlar: Tuman Kengashi deputati qurilish obyektini o‘rgandi
янв.21
«Ikki karra mas’uliyat: Hokim va deputat maqomi muammolar yechimini tezlashtirmoqda»
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XXII-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XXI-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi doimiy komissiyalarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi

2024-yilning 29-may kuni soat 11-00da xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi doimiy komissiyalarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.

Qo‘shma majlis kun tartibiga kiritilgan quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

Chinoz tumanida yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash borasida joriy yilning yanvar-may oylarida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;

Chinoz tumanida “Temir daftar” ro‘yxatidagi ehtiyojmand oilalarni iqtisodiy-moddiy ahvoli yaxshilanganligi sababli “Temir daftar” ro‘yxatidan chiqarish, tumanda moddiy yordam va ko‘makka muhtoj, og‘ir sharoitga tushib qolgan oilalarni “Temir daftar” ro‘yxatiga kiritish hamda “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga bir martalik moddiy yordam to‘lash bo‘yicha may oyi grafigini tasdiqlash to‘g‘risida;

Chinoz tumanida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish holatini o‘rganish natijalari to‘g‘risida;

O‘zbekiston Respublikasining “Geografik obektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq Chinoz tumanidagi mavjud geografik obektlarni nomlash va qayta nomlash to‘g‘risida;

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Chinoz tumani bo‘limi boshlig‘ining Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasining 2024-yil 1-chorak daromadlari va xarajatlari ijrosi bo‘yicha hisoboti to‘g‘risida;

Chinoz tumani hokimining kadrlarga oid ayrim qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida.

Kun tartibidagi masalalar muhokamasida deputatlar Shuhrat Ergashov, Baxodir Saydullayev, Davron Teshaboyev, Ozodov Egamberdi, Farhod Ibragimovlar so‘zga chiqib, o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 1