Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AHOLI MUAMMOLARIGA YECHIM IZLAB: DEPUTATLIK NAZORATI VA MAHALLA YETTILIGI HAMKORLIGI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI: MAHALLALARDAGI DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
XOTIRA — MUQADDAS, QADR — AZIZ
янв.21
YO‘LLAR TA’MIRI VA JAMOAT TRANSPORTI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi: Suv ta’minoti va yo‘l infratuzilmasi bo‘yicha deputatlik nazorati.
янв.21
Yosh avlod ta’lim-tarbiyasi — ustuvor vazifa: Yuqoriovuldagi yangi maskan tayyormi?
янв.21
60 ta qo‘shimcha o‘rin va zamonaviy sharoitlar: Tuman Kengashi deputati qurilish obyektini o‘rgandi
янв.21
«Ikki karra mas’uliyat: Hokim va deputat maqomi muammolar yechimini tezlashtirmoqda»
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XXII-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XXI-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
DEPUTAT VA «MAHALLA YETTILIGI»

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 23-may kuni xalq deputatlari G‘ijduvon tumani Kengashi kotibiyati mudiri Obidova Sharofat Nasimovna o‘z saylov okruglarida joylashgan “Jovgari” mahallalasida bo‘lib, aholi muammolari va “Mahalla yettiligi”ning faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 

Okrug hududida aholi muammolarini hal etish, sog‘lom ijtimoiy-maʼnaviy muhitni saqlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, bandlikni taʼminlash, kambag‘allikni qisqartirish, ayniqsa xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, ularni munosib ish bilan taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. 

Mahalladagi muammolar “Mahalla yettiligi”ning aholi va deputatlar bilan hamkorligi haqida ma’lumot berildi. 

Shuningdek, mahalla xotin-qizlar faoli bilan 105 nafar bandligi ta’minlanishi lozim bo‘lgan ayollarni ish bilan ta’minlanishi holatini o‘rgandi. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning 81 nafari ishga joylashtirilgan bo‘lib, 24 nafar xotin-qizlar bilan individual tartibda ish olib borilayotgani aniqlandi. Shuningdek, ijtimoiy himoya reystriga kiritilgan Jo‘raqulova Shahnozaning xonadoniga borilib, unga kasanachilik asosida ishlash taklif
etildi. Mahallaga xotin-qizlar uchun sayyor tibbiy ko‘rik tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi. Uchrashuvlar yakunida hamkorlikda amalga oshirish kerak bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilandi. 

Slide 1 of 1