Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BO‘STON MAHALLASIDAGI MAKTABDA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
BUYUK KELAJAKNI BILIMLI YOSHLAR BARPO ETADI!
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: “HAMID OLIMJON” MAHALLASIDA IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASH TIZIMI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT O‘RGANISHI: MAHALLALARDA QONUN USTUVORLIGI VA MAHALLIY IJRO NAZORATDA
янв.21
KELAJAK DEPUTATLARI VILOYAT KENGASHIDA: YOSHLAR MASLAHAT GURUHI UCHUN MAXSUS EKSKURSIYA
янв.21
“QISHLOQ JOYLARNI BARQAROR RIVOJLANTIRISH” LOYIHASI: DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
HILOL MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYA TIZIMI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA KO‘MAK: VAZIYAT QANDAY?
янв.21
MAHALLA FAOLLARI BILAN YAQIN HAMKORLIK: HUDUDDAGI IJTIMOIY MASALALAR QANDAY HAL ETILMOQDA?
янв.21
AHOLI MUAMMOLARIGA YECHIM IZLAB: DEPUTATLIK NAZORATI VA MAHALLA YETTILIGI HAMKORLIGI
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati tumanda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlar haqida

Agar siz yashayotgan qishloq, ko‘cha, mahalla, guzarda yo‘l yoqalarida piyodalar yo‘lakchalari bo‘lsa, bu piyodaga ham, mashinalarda ketayotgan haydovchilarga ham yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishiga yengillik tug‘diradimi? Albatta. Ertalab maktabga borayotgan, tushda yo ikkinchi smenada o‘qisa, kechki paytda maktabdan darslardan charchab uyiga qaytayotgan o‘quvchilar, ishdan qaytayotgan avtoulovlarga ham oson bo‘ladimi, yo‘qmi? 

Agar siz yashayotgan manzilda ko‘cha yoqalarida ariqlar betonlangan yo chiroyli “lotok”lar yotqizilgan bo‘lsa, bu shu hududga shaharni eslatuvchi qiyofa baxsh etadimi, yo‘qmi? Bundan ruhingiz ko‘tariladimi? 

Ba’zi bir qishloqlarda yashovchi ba’zi odamlar “Bizning ariqlarga suv kelishi qiyin bo‘layapti” deb nolib gapirishi mumkin. Xuddi shuning uchun ham suv yo‘llariga “lotok”lar yotqizsak, bu birinchidan, suvning ariqlardan toshib ketishining oldini olib, uning tartibga olinishiga sabab bo‘ladi, ikkinchidan, zamonaviy qiyofa kasb etadi, uchinchidan, suvni tejovchi vazifani bajaradi. Betonlangan ariq yo ariqchadan oqayotgan suvni
boshqarish osonroq jarayondir. U tartibga olingan suv hisoblanadi.  

Bugun Payariq shahriga kirib kelar ekansiz, yangidan qilingan zamonaviy va keng, tekis yo‘l qancha dilingizni faxrga to‘ldirsa, endilikda amalga
oshiriladigan ishlar ham shunchalik kelajak kunlarga, shaharlarimizni boshqa joylardan qolishmasligiga xizmat qiladi va bu kunlar tarixga muhrlanadi. Faqat ozgina mas’uliyatliroq bo‘lsak bo‘lgani.

Bu e’tibor va obodonchilik ishlari barcha mahallalarga kirib borishi kerakligi, bu xalqimiz uchun qulay sharoitlar yaratishi, mas’ullarning bu borada shijoati zarurligini yana bir bor ta’kidlab o‘tish joiz.  

Azamat TAVBOYEV
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Sanoat, transport, qurilish,
kommunal soha va aholiga xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi

Slide 1 of 3