Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT NAZORATI: “HAMID OLIMJON” MAHALLASIDA IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASH TIZIMI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT O‘RGANISHI: MAHALLALARDA QONUN USTUVORLIGI VA MAHALLIY IJRO NAZORATDA
янв.21
KELAJAK DEPUTATLARI VILOYAT KENGASHIDA: YOSHLAR MASLAHAT GURUHI UCHUN MAXSUS EKSKURSIYA
янв.21
“QISHLOQ JOYLARNI BARQAROR RIVOJLANTIRISH” LOYIHASI: DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
HILOL MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYA TIZIMI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA KO‘MAK: VAZIYAT QANDAY?
янв.21
MAHALLA FAOLLARI BILAN YAQIN HAMKORLIK: HUDUDDAGI IJTIMOIY MASALALAR QANDAY HAL ETILMOQDA?
янв.21
AHOLI MUAMMOLARIGA YECHIM IZLAB: DEPUTATLIK NAZORATI VA MAHALLA YETTILIGI HAMKORLIGI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI: MAHALLALARDAGI DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
XOTIRA — MUQADDAS, QADR — AZIZ
Xalq deputatlari tuman Kengashining oltinchi chaqiriq 110-sessiyasi

Xalq deputatlari tuman Kengashining oltinchi chaqiriq 110-sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Mazkur sessiya kun tartibida quyidagi masalalar kiritilib, ko‘rib chiqildi:

- Boʻstonliq tumanida yoshlar bandligi taʼminlash va ular tomonidan dehqon xoʻjaliklarini tashkil qilish maqsadida yer maydonlarini ochiq elektron tanlovga chiqarish toʻgʻrisida; 

- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga “Yashil bogʻ”lar barpo qilish uchun yer maydonlarini biriktirish toʻgʻrisida;

- “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha nazorat tadbirlar rejasiga asosan Boʻstonliq tumanida transport harakatlarini tartibga solish, piyodalar xavfsizligi va yoʻl harakati qoidalariga rioya etilishi holati toʻgʻrisida; 

- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6166-son Farmoni ijrosi toʻgʻrisida; 

- Xalq deputatlari Boʻstonliq tumani Kengashining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida. 

Sessiya yakunida ko‘rilgan har bir masala yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashining qarorlari qabul qilindi. 

Slide 1 of 7