Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“QISHLOQ JOYLARNI BARQAROR RIVOJLANTIRISH” LOYIHASI: DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
HILOL MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYA TIZIMI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA KO‘MAK: VAZIYAT QANDAY?
янв.21
MAHALLA FAOLLARI BILAN YAQIN HAMKORLIK: HUDUDDAGI IJTIMOIY MASALALAR QANDAY HAL ETILMOQDA?
янв.21
AHOLI MUAMMOLARIGA YECHIM IZLAB: DEPUTATLIK NAZORATI VA MAHALLA YETTILIGI HAMKORLIGI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI: MAHALLALARDAGI DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
XOTIRA — MUQADDAS, QADR — AZIZ
янв.21
YO‘LLAR TA’MIRI VA JAMOAT TRANSPORTI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi: Suv ta’minoti va yo‘l infratuzilmasi bo‘yicha deputatlik nazorati.
янв.21
Yosh avlod ta’lim-tarbiyasi — ustuvor vazifa: Yuqoriovuldagi yangi maskan tayyormi?
8-mart bayramingiz muborak bo'lsin

Hurmatli hamkasblar – qadri baland qadrdonlar!!

Muhtarama, munis opa-singillar!

Bahorning ilk kunlari barchamiz uchun qadrli bo‘lgan Onalarimiz bayrami, opalar-u singillar bayramidir. 

Dunyodagi eng mehribon inson, oqila maslakdosh, shirinsuxan opa-singillar, shiringina farzandlar – bularning barchasi– Ayol timsolida mujassam.

Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarimizni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi.

Barcha hamkasb xotin-qizlarimizni, dilbar ayollarimizni go‘zallik va nafosat bayrami 8-mart bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Sizlarga omad va baxt, bahoriy kayfiyat doimiy hamrohingiz bo‘lishini tilayman!

 Doimo bahor gullaridek chiroyli, nafis, go‘zal va betakror bo‘lishlaringizni tilab qolaman!

Hurmat va ehtirom bilan xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi!

Slide 1 of 1