Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XOTIRA — MUQADDAS, QADR — AZIZ
янв.21
YO‘LLAR TA’MIRI VA JAMOAT TRANSPORTI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi: Suv ta’minoti va yo‘l infratuzilmasi bo‘yicha deputatlik nazorati.
янв.21
Yosh avlod ta’lim-tarbiyasi — ustuvor vazifa: Yuqoriovuldagi yangi maskan tayyormi?
янв.21
60 ta qo‘shimcha o‘rin va zamonaviy sharoitlar: Tuman Kengashi deputati qurilish obyektini o‘rgandi
янв.21
«Ikki karra mas’uliyat: Hokim va deputat maqomi muammolar yechimini tezlashtirmoqda»
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XXII-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XXI-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XX-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XIV-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi “Sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi”ning navbatdagi yig‘ilishi

 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi “Sanoat, transport,
qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha doimiy
komissiyasi”ning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda “Hududgaz Farg‘ona”
GTF Bag‘dodtumangaz bo‘limi boshlig‘i B.Farxodov, tuman Elektr tarmoqlari korxonasi
injineri M.Raxmonov. “Farg‘ona suv ta’minoti” MChJ Bag‘dod tuman bo‘limi boshlig‘i
Z.Usmonov hamda Agro Rishton ta’mir servis MChJ, Toza hudud rahbari M.Nurmatovlarning
hisobotlari tinglandi.
 

Yig‘ilishda Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi Kotibiyat
mudiri, doimiy komissiya a’zolari hamda tuman markazi hududidagi mahalla fuqarolar
yig‘ini raislari ishtirok etdi.
 

Yig‘ilishda Muqimiy MFYga qarashli Navoiy ko‘chasidagi
xonadonlarga va Do‘stlik MFYga qarashli Boburshox, Ko‘kalamzor ko‘chalariga ichimlik
suvi tarmoqlarini tortish, Muqimiy MFYning Kumushtola ko‘chasida elektr kuchlanishi
yuqori bo‘lganligi sababli yangi transformator o‘rnatish shuningdek, tuman markazi
hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarini chiqindilardan tozalash, Suyultirilgan
gaz balonlarini aholiga o‘z vaqtida yetib borishini ta’minlash va boshqa masalalar
muhokama qilinib ijrosi yuzasidan mas’ul tashkilotlarga vazifalar yuklandi.
 

Yig‘ilish yakunida doimiy komissiya qaror qabul qildi.  

Slide 1 of 9