Yurtimizda yoshlar o‘rtasida kitobxonlik targ‘ibotiga bag‘ishlangan, ularni mutolaaga qiziqtirishga qaratilgan turli tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Bugun Ishtixon tuman maktabgacha va maktab ta’limiga qarashli 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham ana shunday tadbirlardan biri - kitob yarmarkasi tashkil etildi. Unda o‘quvchilarning yoshiga mos bo‘lgan, turli janrlarda yozilgan kitoblar o‘rin oldi.
Yarmarkada maktab o‘quvchilari va ota-onalar ishtirok etib, o‘zlariga va farzandlariga arzon narxda kitoblar xarid qilishdi.
Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati E.Abdusalomov ham badiiy kitoblar jamlanmasini maktab kutubxonasiga sovg‘a qildi.